O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga turkiyalik mutaxassislar pedagogik faoliyat uchun taklif qilindi

2020-10-10 | Ta’lim

TOSHKENT, 10-oktabr. /“Dunyo” AA/. Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Elyor Mahmudov Turkiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Mehmet Surayya Er bilan onlayn-muloqot o‘tkazdi, deb xabar bermoqda Dunyo AA muxbiri universitet manbasiga asoslanib.

Unda universitetning Turkiya Respublikasi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorligi va kelgusi rejalari muhokama qilindi.

Joriy o‘quv yilida Turkiyadan 10 nafar professor-o‘qituvchi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti o‘quv jarayoniga jalb etilgan bo‘lib, ulardan 3 nafari doimiy, 3 nafari hamkor universitetlar tomonidan masofaviy taʼlim asosida hamda boshqa universitetlarda faoliyat olib borayotgan 4 nafar vatandosh-o‘qituvchi talabalarga dars bermoqda.

O‘tgan yili 3 nafar turkiyalik professor-o‘qituvchi universitet o‘quv mashg‘ulotlariga jalb etilgandi. Muloqot chog‘ida joriy o‘quv yilida bu ko‘rsatkich oshgani ijobiy baholanib, xorijlik o‘qituvchilar turkshunoslik sohasi rivojiga katta hissa qo‘shayotgani taʼkidlandi.

Suhbat chog‘ida Turkiya elchisi ushbu mamlakatdan yana ikki nafar o‘qituvchi Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida doimiy pedagogik faoliyat olib borishni rejalashtirayotganini taʼkidladi. Tomonlar 2021-2022-o‘quv yilidan boshlab Anqara Hoji Bayram Vali universiteti bilan turk tili lingvistikasi va turizm magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qo‘shma taʼlim dasturlari tashkil etilishi yuzasidan fikr almashdi.

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti 2019-yildan boshlab Turkiyaning Istanbul, Marmara, Anqara, Anqara Hoji Bayram Vali, Gazi universitetlari bilan hamkorlik o‘rnatgan bo‘lib, uning doirasida professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, onlayn-maʼruzalar hamda qo‘shma o‘quv, ilmiy tadbirlar amalga oshirilmoqda. Joriy yilning avgust oyida universitetda Markaziy Osiyoda yagona turkshunoslik fakulteti ochilgan edi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться