O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Malayziyadagi vatandoshlar o‘zbek tilining xalqaro mavqeini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shishga kelishib oldi

2020-10-10 | Madaniyat

KUALA-LUMPUR, 9-oktabr. /«Dunyo» AA/. Malayziyada istiqomat qilayotgan vatandoshlar ishtirokida 21-oktabr - O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan videomuloqot bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Onlayn-tadbirda dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zlik va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho ma’naviy boylik, mamlakatimizning siyosiy-ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotida g‘oyat muhim o‘rin egallab kelayotgan buyuk qadriyat ekanligi ta’kidlandi.

Xususan, 2020-yil 10-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan «O‘zbek tili kunini belgilash to‘g‘risida»gi qonun imzolandi. Unga ko‘ra 21-oktabr O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilandi hamda ushbu bayram mamlakatimiz va xorijda keng nishonlanadi.

Vatandoshlarga mamlakatimizda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish, milliy qadriyatimizni keng targ‘ib qilish, unga nisbatan milliy g‘urur hissini tarbiyalash borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi.

Bundan tashqari yurtdoshlarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda «Qadring baland bo‘lsin, ona tilim» shiori ostida respublika tanlovida faol ishtirok etganlari uchun minnatdorlik bildirildi.

Yaqinda diplomatik vakolatxona tomonidan Malayziya Milliy kutubxonasida «O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ning yangi tahrirda chop etilgan besh jildlik nashrining taqdimoti o‘tkazilgani va ushbu kutubxonada «O‘zbek tili va adabiyoti burchagi»ni tashkil qilinayotgani tadbir ishtirokchilari mamnuniyat bilan ta’kidladi.

Malayziya Xalqaro islom universteti professori Abdumalik Rahimov ona tilimizning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar, Vatanimiz mustaqilligining ma’naviy asoslarini mustahkamlash, xalqimiz, avvalo, yosh avlodni milliy qadriyatlarimizga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda o‘zbek tilining ahamiyati tobora ortib borayotganligini ta’kidladi. Xususan, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining tashkil etilgani ona tilimizning tarixiy ildizlarini chuqur o‘rganish, uni ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirishi va qo‘llanish doirasini kengaytiradi.

Vatandoshlar o‘zbek tili va adabiyoti hamda milliy qadriyatlarimizni Malayziyada keng targ‘ib qilishga munosib hissa qo‘shishga kelishib oldi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться