O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“So'z sandiqchasi” — ma'vaniyatimiz xazinasi

2020-10-09 | Madaniyat

Zero, Davlatimiz rahbari O'qituvchi va murabbiylar kuniga bag'ishlangan tantanali tadbirdagi bu galgi nutqi davomida “Yangi O'zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi”, deb bejiz ta'kidlamadi.

Mamlakatimiz kelajagining mustahkam poydevori maktabgacha ta'lim tashkilotlari va umumta'lim maktablarida qo'yiladi. SHunday ekan, bugun maktab partasida o'tirgan o'quvchi-yoshlarni ham tomonlama barkamol tarbiyalab, etuk kadrlar safiga qo'shish eng dolzarb masaladir. Zamonaviy kadrlar esa kamida ikkita chet tilidan tashqari o'z ona tilini mukammal bilishi kerak. Davlat tili nufuzini oshirishga qaratilgan bu muhim jihatni inobatga olgan holda respublikamizdagi umumta'lim maktablarida o'zbek tilini chuqur o'rgatishga jiddiy e'tibor qaratilmoqda.

 Ana shu yo'ldagi ezgu harakatlar samarasi o'laroq, O'zbekiston respublikasi Fanlar Akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti direktori, filologiya fanlari doktori, professor Nizomiddin Mahmudov muallifligida boshlang'ich sinf o'quvchilariga mo'ljallangan o'zbek tilining izohli lug'atchasi dunyo yuzini ko'rdi. Ushbu kitobning taqdimotiga bag'ishlangan tadbir poytaxtimizning Mirobod tumanidagi 110-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida bo'lib o'tdi.

Taqdimot marosimini ochar ekan, O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vaziri SHerzod SHermatov quyidagilarni alohida ta'kidladi:

— Nega o'zbek tilining izohli lug'atchasi taqdimoti bu maktabda o'tkazilyapti, degan savol tug'ilishi mumkin. — Tadbirni aynan shu maktabda tashkil etganimiz bejiz emas. CHunki ayni paytda rus sinflarida o'zbek tili dars soatlari 35 foizga ko'paytirildi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rahbari Abdug'affor Qirg'izboevning ta'kidlashicha, departament buyurtmasi asosida o'n ming nusxada nashr etilgan mazkur lug'atcha barcha umumta'lim maktablariga etkazish uchun Xalq ta'limi vazirligiga beg'araz taqdim etildi.

 “So'z sandiqchasi” nomli lug'atchada etti yuz atrofidagi so'z ma'nolarining sodda, ixcham shakldagi izohlari jamlangan. So'z ma'nolari bolalar adabiyoti va matbuoti, xalq og'zaki ijodi namunalaridan olingan misollar bilan boyitilgan.

Kitob muallifi Nizomiddin Mahmudov lug'at haqida batafsil ma'lumot berdi. SHuningdek u dunyo lug'atchiligi tajribasida aynan bolalarbop izohli lug'atlar tuzish an'anasi ko'pdan beri mavjud bo'lsa-da, “So'z sandiqchasi” o'zbek tilidagi dastlabki nashr ekanini aytib o'tdi.

Kitobni qo'lga olib, varaqlab ko'rgan har bir pedagog “So'z sandiqchasi” farzandlarimizning ma'naviy xazinasiga aylanib, o'sha xazinani boyitish yo'lida ularga kuch-g'ayrat bag'ishlashiga umid qilgani aniq.

Munojat MO'MINOVA

Manba: «Yangi O"zbekiston»

Поделиться