O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan, ona tilim!

2020-10-09 | Madaniyat

Adiblar xiyobonida 21-oktabr - Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan adabiy kecha oʻtkazildi.

Bojxona instituti tomonidan Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, Davlat bojxona qoʻmitasi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda adabiyotshunos olimlar,yozuvchi-shoirlar va yoshlar ishtirok etdi.

Tiriklik uchun toza havo bilan quyosh nuri, non va suv kabi neʼmatlar qanchalik hayotiy zarurat boʻlsa, millatning yashashi va ravnaq topishi uchun til shunchalar muhimdir. Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida»gi Qonuni, Prezidentimizning 2019-yil 21-oktyabrdagi “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni, shuningdek, oʻzbek tilini rivojlantirishga oid bir qator huquqiy asoslarning yaratilishi ona tilimizning nufuzi oshib, rivojlanishiga zamin yaratmoqda.
 

– Oʻzbek tilining siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy jabhalarda faol qoʻllanilib, xorijiy mamlakatlarda ham tilimizga eʼtibor va uni oʻrganishga qiziqish yana-da ortgan, – deydi Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi yetakchi mutaxassisi Muxtasar Qodirova. – Hozirgi kunda 10 dan ortiq mamlakatlarning 65 ta nufuzli oliy oʻquv yurtida oʻzbek tili oʻqitilishi bunga yaqqol misoldir. Qoaversa, mamlakatimizdagi deyarli barcha oliy oʻquv yurtiga kirish imtihonlarida abituriyentlar ona tili va adabiyot fanidan imtihon topshiradi. Davlat tashkilotlarida hujjatlar, ishlar toʻliq oʻzbek tilida yuritiladi.

Tadbirda Bojxona instituti ofitser va kursantlarining oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish, davlat tilini milliy qadriyat sifatida targʻib qilish, tilimizning xalqaro mavqeini mustahkamlashga qaratilgan chiqishlari namoyish etildi.
 
 
D. Mamatova

Manba: O'zA

Поделиться