O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Pokistonning Global va strategik tadqiqotlar markazi prezidenti bilan muzokaralar toʻgʻrisida

2020-10-08 | Siyosat

2020-yilning 7-oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Furqat Sidikov videokonferensaloqa shaklida Pokistonning Global va strategik tadqiqotlar markazi prezidenti, Oʻzbekiston — Pokiston ishbilarmonlar Kengashi aʼzosi Sayid Xolid Amir Jafferi bilan muzokaralar oʻtkazdi.

Suhbat davomida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, logistika va madaniy-gumanitar sohalarda sheriklikni yanada mustahkamlash imkoniyatlari muhokama qilindi.

Uchrashuvda taʼkidlanganidek, har ikki tomonning izchil saʼy-harakatlari natijasida Oʻzbekiston — Pokiston munosabatlari deyarli barcha sohalarda yangi rivojlanish darajasiga koʻtarilmoqda.

Tomonlar Oʻzbekiston — Pokiston ishbilarmonlar Kengashi yangi surʼatda rivojlanishiga xayrixoh ekanligini bildirdi.

Pokiston bozoriga oʻzbek mahsulotlarini, xususan, kimyo va toʻqimachilik mahsulotlari, sabzavot va mevalarni yetkazib berishni koʻpaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Oʻzbekistonda Pokiston kompaniyalari, Pokistonda esa oʻzbek kompaniyalarining dilerlik va distribyuterlik vakolatxonalari yoʻlga qoʻyilishida ikkala tomon ham oʻzaro yordam koʻrsatishda tayyor ekanligi bildirildi.

Videoanjuman davomida tomonlar oʻzlarini qiziqtirgan boshqa masalalar boʻyicha ham fikr almashdilar.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться