O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Nazariya bilan amaliyotning uyg'unligi kelajakka poydevor

2020-10-08 | Jamiyat

O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasida “Profilaktika inspektorining jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko'rib chiqish faoliyati” mavzui bo'yicha amaliy mashg'ulot tashkil etildi.

Unda Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati mutaxassisligi bo'yicha tahsil olayotgan  kursantlar, professor-o'qituvchilar hamda Toshkent shahri Mirzo Ulug'bek tumani Halq qabulxonasi mudiri va Ma'muriy ishlar bo'yicha tuman sudining sud`yalari ishtirok etdi.

Mashg'ulotdan ko'zlangan maqsad, kursantlarda profilaktika inspektorining jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko'rib chiqish, bu jarayondagi mavjud  muammo va kamchiliklarni tahlil qilish, ularni bartaraf etish, shuningdek, fuqarolar bilan muloqot qilish madaniyatini yuksaltirish hamda murojaatlarni ko'rib chiqish bo'yicha ko'nikma va malakalarini yanada oshirishdan iborat. 

Mashg'ulot  jonli muloqot shaklida tashkil etilib, bugungi kunda xalq qabulxonalariga kelib tushayotgan murojaatlar va ularni hal etishda profilaktika inspektorlari bilan amalga oshirilayotgan hamkorlikdagi ishlar, shuningdek ma'muriy huquqbuzarliklarga oid murojaatlarni ko'rib chiqishda profilaktika inspektorlarining Ma'muriy ishlar bo'yicha sudlar bilan hamkorligi, bu jarayonda ma'muriy-protsessual hujjatlarni rasmiylashtirish hamda ularni sudlarga taqdim etishdagi muammo va kamchiliklar yuzasidan kursantlar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi.

Bu kabi mashg'ulotlar kursantlarning bilim va ko'nikmalarini yanada shakllantirishga xizmat qildi.

IIV Akademiyasi Matbuot xizmati

Manba: O‘zbеkiston Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligi

Поделиться