O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“MDH ishtirokchi davlatlarining axborot sohasidagi hamkorligi” mavzusida vazirliklararo maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi
2020-10-06 | MDH
2020-yilning 6-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi raisligida “Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi davlatlarining axborot sohasidagi hamkorligi” mavzusida vazirliklararo maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston tashqi ishlar vazirliklari hamda Hamdo‘stlik Ijroiya qo‘mitasi tegishli tarkibiy bo‘limlari rahbarlari va vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda koronavirus pandemiyasi sharoitida MDH doirasidagi tadbirlarni yoritish, raqamli texnologiyalarni joriy etish va ularning imkoniyatlaridan axborot sohasida faol foydalanishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari hamda axborot makonining yangi ishtirokchilari bilan ishlashning zamonaviy usullari to‘g‘risida fikr almashdilar.
Maslahatlashuvlar konstruktiv va do‘stona muhitda bo‘lib o‘tdi.
Tadbir yakuni bo‘yicha tegishli Bayonnoma imzolandi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi