O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Elchisi MAGATE bosh direktoriga ishonch yorliqlarini topshirdi

2020-10-06 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasining Avstriya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Abat Fayzullayev Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) bosh direktori Rafael Grossiga o‘zining MAGATE huzuridagi Doimiy vakil sifatidagi ishonch yorliqlarini topshirdi.

Marosimdan so‘ng bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida Rafael Grossi O‘zbekiston energetika sohasidagi keng ko‘lamli islohotlar, jumladan mamlakatda atom energetikasini yaratish qaroridan yaxshi xabardor ekanligini qayd etdi.

O‘zbekistonning yadroviy infratuzilmasini kompleks baholash bo‘yicha bo‘lajak missiyaga tayyorgarlik ko‘rish borasidagi muvaffaqiyatli hamkorlikni ta’kidlagan holda MAGATE bosh direktori O‘zbekistonda AES qurilishi jarayonidagi faoliyatning barcha sohalarini qo‘llab-quvvatlash borasida ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi.

Rafael Grossi O‘zbekistonda binolarning yadroviy va radiotsion xavfsizligi sohasida ko‘p ishlar qilinganligi, sog‘liqni saqlash jabhasidagi aloqalarda ulkan yutuqlar qo‘lga kiritilganligi va yadro fani va texnologiyalarini qo‘llash, ayniqsa respublika qishloq xo‘jaligida ulardan foydalanish sohasida yanada kengroq hamkorlik qilish imkoniyati mavjudligiga e’tiborni qaratdi.

Pandemiya munosabati bilan qoldirilgan qator qo‘shma tadbirlarning albatta o‘tkazilishiga o‘zaro ishonch bildirildi.

Faqatgina shu yilning o‘zida MAGATEning COVID-19 tarqalishiga qarshi kurashish borasida uchta tibbiyot muassasasiga umumiy qiymati 405 ming yevroga teng bo‘lgan koronavirusni aniqlashda ishlatiladigan test-tizimlari to‘plamlarini beminnat taqdim qilgan holda yordam ko‘rsatgani ta’kidlandi. Texnik hamkorlik loyihalari doirasida Toshkent endokrinologiya institutiga ko‘p funksiyali diagnostika gamma-kamerasi taqdim etildi, Namangan onkologiya markaziga nur terapiyasi uchun zamonaviy uskuna va Samarqand davlat universiteti o‘quv laboratoriyalariga asbob-uskunalar yetkazib berishga qaror qilindi. Ushbu uskunalarning narxi qariyb 1 million yevroni tashkil etadi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться