O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalq ta'limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmonjon Sharifxodjayev Qorako‘l xalqaro maktabida bo‘ldi

2020-10-06 | Ta’lim

Qorako‘l tumanidagi Xalqaro matematika maktabi mamlakatda o‘z o‘rni va nufuziga ega taniqli ilm maskani hisoblanadi.

Ushbu dargoh o‘quvchilari bir necha yillardan buyon jahon maydonida mamlakatimiz sharafini munosib tarzda himoya qilib kelishmoqda. Davlatimiz rahbari mutasaddilar zimmasiga Qorako‘l Xalqaro matematika maktabi tajribasini keng ommalashtirish va mamlakatimizning barcha shahar, tumanlarida hech bo‘lmaganda bittadan shunday maktablarni tashkil etish vazifasini yukladilar. Mazkur topshiriq ijrosini ta'minlash maqsadida Xalq ta'limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmonjon Sharifxodjayev, Qibray tumani hokimi Miragzam Mirkasimov, Toshkent tumani Xalq ta'limi bo‘limi mudiri Zokir Tolboyev, Qibray tuman prokurori Sanjar Solixov, Kibray tuman Xalq ta'limi mudiri Elbek Tojiboyev va bir guruh maktab rahbarlari Buxoro viloyati Xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Dilfuza Mustafayeva hamrohligida Qorako‘l Xalqaro matematika maktabida bo‘ldilar.
 
 
Tashrif davomida mehmonlar ilm maskanida olib borilayotgan ta'lim jarayonlari va erishilayotgan yutuqlar bilan tanishdilar. “Qorako‘lcha” o‘qitish metodologiyasining targ‘ibotchilari bo‘lgan o‘qituvchilarning o‘ziga xos darslarini kuzatib, tahlil qildilar. Maktab rahbari Temir Ro‘ziyev Xalqaro matematika maktabining uzoq yillik bosib o‘tgan yo‘li va o‘ziga xos tizimi haqida batafsil so‘zlab berar ekan, qo‘lga kiritilayotgan har xalqaro yutuq zamirida jamoadagi ustoz va shogirdlarning qat'iy tartibga asoslangan mehnati mujassam ekanligini alohida ta'kidladi.  
 
Shuningdek, mehmonlar Xalqaro matematika maktabining yangi binosida ham bo‘ldilar. Muhtaram Prezidentimizning tashabbusi bilan 50 milliard mablag‘ evaziga qad rostlayotgan xalqaro maqomga ega ta'lim maskani binosi jahon andozalariga mutanosib tarzda bunyod etilayotganiga guvoh bo‘ldilar.
 
Ma'lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining 2019-yil 10-avgustdagi «Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida xalqaro matematika maktabini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingan edi. Ayni paytda 1-son ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi o‘rnida qurilayotgan ta'lim muassasasiga avvalgi Qorako‘l sanoat va transport kasb-hunar kollejining bino-inshootlari ham biriktirilgan bo‘lib, qayta ta'mirdan chiqarilmoqda. Maktab moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida yotoqxona, oshxona, kutubxona, faollar zali, o‘quv-laboratoriya jihozlari va komp'yuter texnikasi bilan jihozlanmoqda.
 
Tashrif yakunida Qorako‘l Xalqaro maktabi ta'lim tizimiga ixtisoslashgan maktablar tarmog‘i faoliyatini yo‘lga qo‘yish an'anasi Qibray tumani rahbariyati tomonidan davom ettirilishiga kelishildi.
 
Buxoro viloyat xalq ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati

Поделиться