Buxoro viloyatida epizootiyaga qarshi kurash tadbirlari jadallik bilan olib borilmoqda.
Xususan, viloyatning Olot tumani veterinariya mutaxassislari tomonidan sentyabr oyi davomida xududdagi 19901 bosh qoramol, 55372 bosh qo‘y-echki, 105 bosh ot, 114 bosh eshak va 14 bosh tuya kuydirgi kasalligiga, 14100 bosh qoramol qorason kasalligiga, 126000 bosh mayda shoxli mol chechak kasalligiga qarshi profilaktik emlandi.
Shuningdek, 17000 bosh tovuq o‘lat kasalligiga, 2490 bosh it quturish kasalligiga qarshi profilaktik emlanib, brusellyozga serologik tekshirish uchun 5976 bosh qoramoldan qon namunalari olindi.
Bundan tashqari, Davlat veterinariya xizmati xodimlari tomonidan hayvonlarda uchraydigan turli yuqumli kasalliklar bo‘yicha maktab va maktabgacha ta'lim muassasalari hamda aholi orasida targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi