O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand va Toshkent viloyatlarida “Qizlarjon” sammiti hamda “Yosh tengdoshlar” seminar-treningi o‘tkaziladi

2020-10-06 | Ta’lim

Joriy yilning 12-16 oktabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Samarqand viloyatida, 19-23 oktabr kunlari Toshkent viloyatida “Qizlarjon” o‘quvchi-qizlar sammiti va uning doirasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan “Yosh tengdoshlar” seminar-treninglari o‘tkaziladi.

Tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) hamkorligida tashkil etilmoqda.
 
Ularni tashkil etishdan asosiy maqsad o‘quvchi-qizlarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini oshirish, o‘quvchi-qizlar o‘rtasida AKT savodxonligini qo‘llab-quvvatlash orqali sog‘lom turmush tarzini tengdoshlar tamoyili asosida targ‘ib etish, umumiy o‘rta ta'lim muassasalaridagi “Qizlarjon” to‘garaklari faoliyatini takomillashtirishdan iborat. 
 
Pandemiya sababli sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta'minlash maqsadida loyiha “Yosh tengdoshlar” dasturi sinovdan o‘tkazilayotgan, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahri, Nukus, Taxiatosh va Xo‘jayli tumanlari, Samarqand viloyatining Samarqand shahri, Samarqand, Toyloq, Pastdarg‘om, Oqdaryo va Jomboy tumanlari, Toshkent viloyatining Chirchiq shahri, Yuqori Chirchiq, Qibray va Bo‘stonliq tumanlaridagi umumta'lim maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchi-qizlar ishtirokida tashkil etildi, ya'ni tadbirlarda faqatgina belgilangan hududlardagi o‘quvchi-qizlar ishtirok etishlari mumkin. 
 
Sammit va uning doirasidagi seminar-treningda ishtirok etish istagida bo‘lgan o‘quvchi-qizlar ushbu havoladagi anketani joriy yilning 8 oktyabr' kuniga qadar to‘ldirishlari lozim. Ishtirok etish istagida bo‘lgan o‘smir-qizlar uchun qo‘yiladigan talablar:
 
✅AKT sohasidagi shaxsiy va professional bilim darajasiga ega bo‘lish;
 
✅liderlik va kommunikativ ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
 
✅xorijiy tillarni bilish;
 
✅umumta'lim maktablarining 9-11 sinflarida tahsil olish.
 
Sammit va uning doirasidagi seminar-treningda ishtirokchilari ro‘yxati joriy yilning 10-oktabr kuni e'lon qilinadi hamda saralab olingan o‘quvchi-qizlar o‘zlari istiqomat qilayotgan hududdagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan (bepul) maxsus laboratoriya usulida koronavirus infeksiyasiga tekshiruvdan o‘tkaziladi. Tekshiruv natijasiga qo‘ra ularga tadbirda ishtirok etish yo‘llanmasi beriladi.
 
“Qizlarjon” o‘quvchi-qizlar sammiti hamda “Yosh tengdoshlar” seminar-treningi o‘zini sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotchisi sifatida sinab ko‘rish istagida bo‘lgan o‘quvchi-qizlar uchun bilim-qo‘nikmalari hamda tajribalarini boyitish uchun yangi imkoniyat.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

Поделиться