O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Faxriylar bilan uchrashuv

2020-10-05 | Jamiyat

Ma'lumki, Vazirlar Mahkamasining "Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi o'rni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori qabul qilingan edi. Faxriylarimizni har tomonlama qo'llab-quvvatlashga qaratilgan qarorda  "Keksalar haftaligi"ni tashkil etish borasida muhim vazifalar belgilab berildi.

Ta'lim muassasamizda ushbu haftalik doirasida fidokorona mehnat qilayotgan bir guruh faxriylar bilan "Uch avlod uchrashuvi" o'tkazildi. Unda so'zga chiqqanlar yoshi ulug' insonlarni qadrlash xalqimizga xos fazilat bo'lib, so'nggi yillarda ularga yuksak darajada e'tibor va g'amxo'rlik ko'rsatilayotganini e'tirof etishdi.

Ayniqsa nuroniy otaxonu onaxonalarimizning turmush sharoitlarini yaxshilash, jamiyatdagi o'rnini mustahkamlash hamda boy hayotiy tajribasidan unumli foydalanish borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.

Uchrashuv chog'ida soha fidoyilari o'zlarining bolalik orzu-havaslari, mashaqqatlarga boy mehnat faoliyati, xizmatda erishgan yutuqlari haqida yoshlarga to'lqinlanib so'zlab berishdi. Albatta, bu kabi tadbirlar o'sib kelayotgan yosh avlodning ona Vatanimizga bo'lgan daxldorligini yanada kuchaytirib, ularni xizmat burchi va qasamyodiga sadoqat ruhida tarbiyalashga, kasbiy hamda ma'naviy-axloqiy fazilatlarini yuksaltirishga munosib hissa qo'shadi.

Zero, ichki ishlar organlari faxriylarining kasb yo'li, ko'p yillik amaliy tajribasi o'quv dargohimiz tinglovchi va kursantlari uchun chinakam ibrat maktabidir.

IIV Akademiyasi matbuot xizmati

Manba: O‘zbеkiston Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligi

Поделиться