O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent davlat stomatologiya instituti va Norvich universiteti o‘rtasida hamkorlik o‘rnatildi

2020-10-04 | Fan

TOShKENT, 4-oktabr. /“Dunyo” AA/. Pandemiya sharoitida tibbiyot sohasida xalqaro muzokaralar o‘tkazish va sohaga oid tajriba va fikrlarni muhokama qilishda shifokorlarning xorijiy tillarni puxta bilishi yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Yuqoridagilarni e’tiborga olgan holda Toshkent davlat stomatologiya instituti ta’lim jarayonlarini dunyo standartlari darajasiga olib chiqish uchun xorijiy mamlakatlarning rivojlangan oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik doirasini kengaytirmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri O‘zAga tayanib.

– Tibbiyotda ingliz tilini o‘qitish va o‘rganish o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi, – deydi institut rektori Nodir Haydarov. – Jahon tibbiyot hamjamiyatida qabul qilingan atamalarni mukammal o‘zlashtirish, integratsiyalashuv jarayoni pedagog va talabadan qo‘shimcha bilim va mehnat talab etadi.

Chet tilini mukammal o‘rgatish uchun institut pedagoglari salohiyatini jahon standartlari darajasiga ko‘tarish, dars jarayoniga innovatsion ta’lim texnologiyalarini keng jalb etish, talabalarning ingliz tilini o‘zlashtirish darajasini oshirish zarur. Ushbu maqsadda Toshkent davlat stomatologiya instituti ingliz tilini o‘qitish sohasida Buyuk Britaniyaning Norvich universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzoladi.

Shu munosabat bilan onlayn tashkil etilgan tadbirda Norvich universiteti rektori, professor Tom Kidl O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar e’tiborga sazovorligini, ularni amalga oshirishda barcha vazirlik va tashkilotlar hamjihatlikda ish olib borayotganini, shuningdek, Toshkent davlat stomatologiya instituti rahbariyati bu jarayonlarda faol ishtirok etib, pedagoglar salohiyatini oshirish orqali talabalarga bilim berish jarayonini takomillashtirayotganini e’tirof etdi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться