O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Davlat statistika qo‘mitasining yangi sayti ishga tushdi

2020-10-04 | Texnologiyalar

TOShKENT, 4-oktabr. /“Dunyo” AA/. Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda Davlat statistika qo‘mitasining yangi, http://new.stat.uz manzilida joylashgan va zamonaviy axborot texnologiyalari talablariga javob beruvchi veb-sahifasi ishlab chiqildi va sinov tarzida ishga tushirildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Veb-sahifada qo‘mita mutaxassislari tomonidan tayyorlangan statistik ma’lumotlar, oylik, choraklik va yillik matbuot-relizlar, hisobоtlar, foto va videolavhalar, yangiliklar va boshqa materiallar taqdim etilgan.

Mazkur resurs O‘zbekiston Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi «Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy qilish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi hamda 2020-yil 3-avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlariga muvofiq ishlab chiqildi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться