2020-yilning 2-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Buyuk Britaniyaning Toshkent shahridagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Tim Torlot bilan uchrashdi.
Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida afg‘on mojarosini tinch yo‘l bilan hal etish, ushbu mamlakatda turli loyihalar, jumladan iqtisodiy loyihalarni birgalikda amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston va Buyuk Britaniyaning sa’y-harakatlari muhokama qilindi.
Buyuk Britaniya tomoni mamlakatimiz rahbariyatining Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish bo‘yicha muzokaralar jarayoniga ko‘maklashish, mazkur davlatni mintaqaviy siyosiy va iqtisodiy jarayonlarga tortish borasida olib borayotgan siyosatiga yuqori baho berdi. Bu Afg‘onistondagi holatni umumiy tartibga solish va ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmani qayta tiklashga imkon yaratadi.
Afg‘onistondagi mojaroni hal etishga ko‘maklashish bo‘yicha O‘zbekiston-Britaniya hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida ham batafsil fikr almashildi.
Afg‘oniston mavzusida ikki tomonlama maslahatlashuvlarni davom ettirishga o‘zaro qiziqish bildirildi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi