O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Buxoro viloyati hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Farhod Umarovning bayram tabrigi

2020-10-01 | Ta’lim

Assalomu alaykum, qadrli ustozlar!
Muhtaram muallim va murabbiylar!

Ustoz degan sharafli nomni ulug‘lab kelayotgan viloyatimizdagi barcha insonlarni umumxalq bayrami – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Bugun ushbu qutlug‘ ayyomni keng nishonlar ekanmiz, birinchi navbatda qadrdon maktabimiz, bizga harf o‘rgatgan, ezgulikdan saboq bergan mehribon muallimlarimiz siymosi ko‘z oldimizda namoyon bo‘ladi. Biz uchun ibrat namunasi, yuksak insoniy fazilatlar timsoli bo‘lgan sizlar kabi aziz va moʻtabar zotlar shaʼniga eng go‘zal so‘zlar, ezgu tilaklarimizni izhor etamiz.

Buyuk Alisher Navoiy bobomiz aytganlaridek, dunyoning bor boylik va xazinasi bilan ham sizlarning olijanob mehnatingiz haqini ado etib bo‘lmaydi.

Shuning uchun ham Sizlardan taʼlim va tarbiya olgan, o‘zini oldingizda umrbod qarzdor deb his etadigan barcha insonlar nomidan Sizlarga har qancha minnatdorlik bildirsak, shuncha oz. Hayot bor ekan, o‘qituvchilik kasbi o‘zining maʼno-mazmuni va olijanobligini, ahamiyati va hurmatini hech qachon yo‘qotmaydi.

Kuni kecha Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning soha xodimlariga yo‘llagan bayram tabrigi va murojaatini barchamiz katta hayajon, qolaversa, masʼuliyat hissi bilan tingladik. Va kelgusidagi ustuvor vazifalarni ham belgilab oldik.  

Mamlakatimiz o‘z taraqqiyotining yangi davriga qadam qo‘ygan hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasini 2017-2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida barcha sohalarda keng ko‘lamli o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.

Ana shu islohotlarning muvaffaqiyati, mamlakatimizning dunyodagi rivojlangan, zamonaviy davlatlar qatoridan munosib o‘rin egallashi avvalo, ilm-fan va taʼlim-tarbiya sohasining rivoji bilan, bu borada bizning dunyo miqyosida raqobatdosh bo‘la olishimiz bilan uzviy bog‘liq, desak, hech qanday mubolag‘a bo‘lmaydi.

Ayni shu maqsadda o‘tgan uch yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining bevosita taʼlim-tarbiya sohasiga daxldor bo‘lgan 100dan ortiq farmoni, qaror va farmoyishi qabul qilinganini taʼkidlash o‘rinlidir.

Albatta, soha rivojiga yuksak eʼtibor natijasi bo‘lgan bu hujjatlarni hayotga samarali joriy qilish, ularga bamisoli jon baxsh etishda biz avvalo siz, aziz o‘qituvchi va murabbiylarga, sizlarning bilim va tajribangiz, isteʼdod va mahoratingizga suyanamiz.

Bugungi kunda zamon talabi va xalqimizning xohish-irodasidan kelib chiqqan holda, umumiy o‘rta taʼlim sohasida 11 yillik tizimga o‘tilib, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari optimallashtirildi. Buxoro davlat universiteti va Buxoro muhandislik texnologiya institutida sirtqi bo‘limlar ochilib, maktabgacha taʼlim muassasalari tarmog‘i kengaydi. Nodavlat taʼlim xizmati ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi. Pedagog kadrlar va xalq taʼlimi xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimining takomillashtirilishini uzoqni ko‘zlab tatbiq etilayotgan islohotlarning mohiyati va ahamiyatini siz, hurmatli ustoz va murabbiylar albatta hammadan ko‘ra yaxshi tushunasiz deb o‘ylaymiz.

Chunonchi, ana shunday fidoyi, intiluvchan o‘qituvchilarimizning sharafli mehnatlari natijasida mustaqil O‘zbekiston vakillari sifatida viloyatimizdagi ko‘pgina o‘quvchi yoshlar xalqaro fan olimpiadalarida munosib ishtirok etib, medallarni qo‘lga kiritgani, nufuzli sanʼat festivallari va tanlovlari, xalqaro sport musobaqalarida sovrindor bo‘layotgani fikrimizning yaqqol dalilidir.

Albatta ustozlarimizning mehnatini birgina ushbu jihatlar bilan belgilab bo‘lmaydi. Aslida hayotimizdagi har bir omadli qadam, har bir muvaffaqiyat zamirida ustozlarimizning mashaqqatli mehnati, tinimsiz izlanishlari mujassamdir.

Shu bois ham muhtaram Yurtboshimiz tashabbuslari bilan pedagog xodimlarni moddiy va maʼnaviy qo‘llab-quvvatlash, ularning mehnatini rag‘batlantirish, ish haqini oshirish bo‘yicha yangi tizim joriy etilib, o‘qituvchilik, murabbiylik, maʼrifat sohasida jonkuyarlik va fidoyilik ko‘rsatayotgan insonlarni Vatanimizning yuksak unvonlari, orden-medallari va mukofotlari bilan taqdirlash o‘ziga xos anʼanaga aylandi.

Shu fursatdan foydalanib, 1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni arafasida Prezidentimiz Farmoniga asosan turli davlat mukofotlari bilan taqdirlangan viloyatdosh ustoz va murabbiylarni qizg‘in olqishlaymiz.

Yana bir bor, barchangizni  kasb bayramingiz bilan samimiy tabriklab, sizlarga yangi-yangi yutuqlar, sihat-salomatlik va baxtu saodat, xonadonlaringizga tinchlik - xotirjamlik tilayman.

Umringizdan baraka toping, hech qachon kam bo‘lmang, aziz ustozlar!

Manba: Buхоrо vilоyati hоkimligi

Поделиться