O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Harbiy ta'limda innovasiyalarni joriy etishning ahamiyati

2020-09-30 | Ta’lim

O‘zbekiston Qurolli Kuchlar akademiyasida “Harbiy pedagogik faoliyatda innovasiyalar” mavzusida Respublika onlayn ilmiy-nazariy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda harbiy xizmatchilar va professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.

– Eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir, – deydi Milliy gvardiya harbiy texnik instituti kafedra mudiri Sh. A. Akramova. – Konferensiyadagi ma'ruzam ham “Oliy harbiy ta'lim muassasalarida “Soft Skill”ni qo‘llashning imkoniyatlari mavzusida bo‘lib, harbiy ta'limda yangi innovasiyalarni joriy etishdan iborat.
 
Konferensiya ishtirokchilari harbiy pedagogik faoliyatda innovasion yondashuvning ahamiyati yuqoriligini qayd etib, shu asosda harbiy kadrlarni tayyorlash samarasi, bo‘lajak ofiserlarning kasbiy faoliyatga moslashuvida harbiy pedagogikaning o‘rni, harbiy pedagogik faoliyatning dolzarb muammolarini hal qilish bo‘yicha o‘zlarining taklif va tavsiyalarini berishdi.
 
Ayjamal JANIBEKOVA, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi

Поделиться