O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O'zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi ichki ishlar vazirliklari o'rtasidagi o'zaro hamkorlik
2020-09-29 | Xavfsizlik sohasi
Joriy yilning 28-sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o'rinbosari D. Qodirov O'zbekiston Respublikasi hukumati delegatsiyasi tarkibida Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida bo'lib o'tadigan Hukumatlararo komissiyaning ettinchi yig'ilishida ishtirok etish uchun tashrif buyurdi.
Shu kunning o'zida, D. Qodirov va Tojikiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri R. Raximzoda o'rtasida ikki tomonlama uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Uchrashuv davomida D. Qodirov Tojikiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri R. Raximzodaga iliq va samimiy kutib olinganligi uchun tashakkur bildirib, ikki davlat ichki ishlar vazirliklari o'rtasidagi xalqaro hamkorlik aloqalariga alohida to'xtalib, jinoyatchilik, terrorizm, ekstremizm va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashda o'zaro ma'lumot almashishning hozirgi holati va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.
Bundan tashqari Hukumatlararo komissiyaning ettinchi yig'ilishi doirasida imzolanishi nazarda tutilgan huquqni muhofaza qilish sohasidagi xalqaro hujjatlar loyihalari ko'rib chiqildi.
O'zbekiston delegatsiyasi tashrifi davom etmoqda.
IIV Xalqaro hamkorlik boshqarmasi
Manba: O‘zbеkiston Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligi