O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Tayinlov
2020-09-25 | Siyosat
Bugun 25-sentabr kuni Farg’ona viloyati faollarining yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda tashkiliy masala ko’rib chiqildi.
Boshqa ishga o’tganligi sababli Farg’ona viloyati hokimi Shuhrat G’aniyev vazifasidan ozod etildi.
Yig’ilishda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tavsiyasiga ko’ra ilgari Namangan viloyati hokimi bo’lib ishlagan Xayrullo Bozorov Farg’ona viloyati hokimi etib tasdiqlandi.
Faollar yig’ilishida O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinovlar ishtirok etishdi va so’zga chiqishdi.
Manba: Fаrg’оnа vilоyati hоkimligi