O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
OHIChK ishtirokchi davlatlari tashqi ishlar vazirlari Covid-19 pandemiyasi sharoitida o‘zaro hamkorlikni faollashtirish va ishonch choralarini ko‘paytirish masalalarini muhokama qildi
2020-09-25 | Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov bugun Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash (OHIChK) ishtirokchi mamlakatlari tashqi siyosiy idoralari rahbarlarining videokonferensiya shaklidagi maxsus uchrashuvida ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri TIV ma’lumotiga asoslanib.
OHIChK ishtirokchi mamlakatlari TIV rahbarlari Covid-19 infeksiyasining tarqalishi sharoitida o‘zaro aloqalarni yanada faollashtirish va ishonch choralarini kuchaytirish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildi.
Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Vazirlar Kengashga raislikni 2020-2022-yillarda Qozog‘iston Respublikasiga o‘tkazishni ma’qulladi hamda ushbu mamlakatning OHIChK Kotibiyati Ijrochi direktori lavozimiga Kayrat Saribay nomzodini tasdiqladi.
Manba: “Dunyo” axborot agentligi