O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

DSQ huzuridagi Kadastr agentligi rahbariyati tanishtirildi

2020-09-22 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PF-6061-sonli farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi tashkil etilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan Kadastr agentligi direktori va uning o‘rinbosarlari tayinlandi.
 
Bugun, 22-sentabr kuni Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev yangi tashkil etilgan Agentlik rahbariyatini tanishtirdi. 
 
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan,
 
Xalilillo Sobirjonovich Turaxujayev O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari – Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. 
 
 
Xalilillo Turaxujayev 1972-yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy.  1997-yil Toshkent davlat yuridik institutini “Huquqshunos” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
 
X.Turaxujayev huquqiy sohadagi professional faoliyatini 1997-yil O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan.
 
X.Turaxujayev bundan avval Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
 
Xalilillo Turaxujayev 1-darajali adliya maslahatchisi.
 
 
 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan,
 
Allaberganov Atabek Validjanovich O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. 
 
Atabek Allaberganov 1977-yilda Xorazm viloyatitda tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy. 1999-yil Urganch davlat universitetini “Iqtisodchi” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
 
A.Allaberganov mehnat faoliyatini 2000 yilda Xorazm viloyati Urganch shahar davlat soliq inspeksiyasi inspektori lavozimidan boshlagan. U yangi lavozimga tayinlangunga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamentining iqtisodiy rivojlanish sohasida tizimli tahlil qilish va yangi tashabbuslarni ishlab chiqish sho‘'basi yetakchi inspektori lavozimida ishlayotgan edi.
 
Atabek Allaberganov iqtisodiy fanlar nomzodi, adliya maslahatchisi. 
 
Abdullayev Tulqin Mansurovich O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari etib tayinlandi. 
 
 
Tulqin Abdullayev 1961-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy. 1988-yilda Moskva geodeziya, aerofotos'yomka va kartografiya muhandislari institutini “Muhandis-geodezist” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
 
T.Abdullayev mehnat faoliyatini 1981-yilda Samarqand aerogeodeziya korxonasi texnik-topografi, muhandisi, geodezisti sifatida boshlagan. U yangi lavozimga tayinlangunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
 
Tulqin Abdullayev texnika fanlari nomzodi.
 
Mirmaksudov Mirsaid Sadikovich O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari etib tayinlandi.   
 
 
Mirsaid Mirmaksudov 1985-yilda Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy. 2005-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universitetini “Telekommunikasiya” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
 
M.Mirmaksudov mehnat faoliyatini 2005-yilda “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi “Farg‘onatelekom” filiali Komp'yuterlashtirish va hisoblash markazi dasturchi-muhandisi sifatida boshlagan. U yangi lavozimga tayinlangunga qadar Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Yagona integrator UZINFOCOM” mas'uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
 
Abdullayev Abdushukur Xamidovich O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari – “Geoinnovasiya markazi” davlat unitar korxonasi direktori etib tayinlandi. 
 
 
Abdushukur Abdullayev 1959-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy. 1981-yil Toshkent politexnika institutini “Muhandis-mexanik” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
 
A.Abdullayev mehnat faoliyatini 1981-yilda Toshkent politexnika instituti “Sovutish mashinalari va qurilmalari” kafedrasi assistenti sifatida boshlagan. U yangi lavozimga tayinlanguga qadar O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi lavozimida ishlagan.
 
Abdushukur Abdullayev texnika fanlari nomzodi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi

Поделиться