O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ichki ishlar vazirligida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash yuzasidan yig'ilish o'tkazildi

2020-09-22 | Jamiyat

Joriy yilning 21-sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o'rinbosari polkovnik R.A.Xatamov huzurida ichki ishlar organlarida shaxsiy tarkib bilan ishlash borasida 2020 yilning 8 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Ichki ishlar organlari kadrlar bo'linmalarining barcha xodimlari va rahbarlarning tarbiyaviy ishlar bo'yicha o'rinbosarlari ishtirok etgan ushbu videoselektor yig'ilishida mamlakatimizda so'nggi 4 yilda muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida barcha sohalarda olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar va buning natijasida ro'y berayotgan ijobiy o'zgarishlar va yangilanishlar to'g'risida to'xtalib o'tildi.

Yig'ilishda kun tartibidagi asosiy masalalar joriy yilning 8 oyi davomida shaxsiy tarkib o'rtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash, xizmatni o'tashni tashkillashtirish, xodimlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish yo'nalishlarida amalga oshirilgan ishlar ahvoli, bu borada yo'l qo'yilgan kamchiliklar muhokamasi hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo'lgan ustuvor vazifalar to'g'risida atroflicha so'z yuritildi.

Shuningdek, videoselektor yig'ilishida olib borilgan samarali chora-tadbirlar natijasida 2020-yilning 8 oyi davomida tizimning kadrlar bilan ishlash sohasida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar, qayd etilgan ijobiy tendentsiyalar e'tirof etildi.

Jumladan, kadrlar bilan ishlash tizimining to'g'ri yo'lga qo'yilganligi natijasida xizmat intizomi va qonun buzish holatlari o'tgan yilga nisbatan sezilarli darajada kamayganligi alohida e'tirof etildi.

Bundan tashqari, yig'ilishda tizimda yo'l qo'yilayotgan kamchiliklarga, mavjud muammolarga ham keng urg'u berilib, ularni bartaraf etishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar belgilandi.

Tanqidiy ruhda o'tgan ushbu yig'ilishda, sohada yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklar sarhisoblaridan kelib chiqib, o'z xizmat vazifalariga mas'uliyatsizlik bilan yondashgan 1 nafar xodim lavozimidan ozod etildi, 8 nafar xodimga nisbatan intizomiy choralar ko'rildi va 14 nafar xodim qattiq ogohlantirildi.

Yig'ilishda 2020-yilning yakuniga qadar amalga oshirilishi lozim bo'lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Jumladan, ichki ishlar organlarida kadrlar siyosatini to'g'ri va adolatli olib borish, tizimni xalqchil tuzilmaga, fuqarolarning chinakam himoyachisiga aylantirish, xodimlarni Vataniga va kasbiga sadoqat ruhida tarbiyalash, taraqqiyotning eng asosiy to'siqlaridan biri bo'lgan korruptsiya balosiga qarshi keskin va ayovsiz kurash olib borish lozimligi qayd etib o'tildi.

Manba: O‘zbеkiston Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligi

Поделиться