O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Respublika boʻyicha anʼanaviy taʼlim jarayonlari boshlangan maktablar soni 4 379 taga yetdi
2020-09-21 | Ta’lim
Hududlardagi epidemiologik vaziyat, taʼlim dargohi va sogʻliqni saqlash tizimining vaziyatga tayyorligidan kelib chiqqan holda 21-sentabrdan boshlab, Respublika boʻyicha jami 4 379 ta (43,9%) maktab toʻlaqonli ravishda ishlamoqda.
Mazkur maktablarda 2,1 mln. nafar (34%) oʻquvchi tahsil olayotgan boʻlib, ulardan 1,5 mln. nafari (72%) anʼanaviy, qolgan 595 ming nafari (28%) onlayn shaklda taʼlim olmoqda.
Maktab faoliyati tiklanmagan oʻquvchilarning taʼlim olishi esa “Onlayn-maktab” loyihasi doirasidagi televizion darslar orqali taʼminlanmoqda.
Eslatib oʻtamiz, maktablarning anʼanaviy shaklda ochilishi toʻgʻrisidagi qarorlar har bir maktab boʻyicha individual tarzda ularning haqiqiy tayyorgarligi, hududdagi yohud maktabdagi sanitariya-epidemiologik vaziyat, oʻqituvchilar orasida koronavirus kasalligining qayd etilishi hamda sogʻliqni saqlash tizimi xulosalariga muvofiq faqatgina Mahalliy Kengash deputatlari ruxsatidan soʻng qabul qilinadi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi