O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sankt-Peterburgda “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” taqdimoti o‘tkazildi

2020-09-20 | Madaniyat

O‘zbekiston Respublikasining Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulxonasi tomonidan Rossiya Federatsiyasi Fanlar Akademiyasi Sharq qo‘lyozmalar institutida O‘zbekiston Fanlar akademiyasining bir guruh olimlari tomonidan yaratilgan besh jildlik “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” kitobi taqdimoti o‘tkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Tadbirda institut direktori Irina Popova, bir guruh tilshunos olimlar va yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi.

Taqdimotda «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»ni yaratish bo‘yicha olib borilgan izlanishlar, o‘zbek tilining xalqaro maydonda tutgan o‘rni va mohiyatini yuksaltirishda lug‘atning tutgan o‘rni haqida ma’lumot berildi.

Tadbir doirasida Bosh konsulxona tomonidan institutga «O‘zbek tilining izohli lug‘ati» taqdim etildi.

I.Popova «O‘zbek tilining izohli lug‘ati» nusxalari uchun minnatdorlik bildirib, ushbu nashr dunyodagi eng boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili so‘zlari ma’nolarini yanada teranroq anglashga yordam berishini ta’kidladi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться