O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Dushanbe shahrida O‘zbekiston va Tojikiston do‘stlik va hamkorlik parlamentlararo guruhlarining birinchi qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi
2020-09-20 | Siyosat
Tojikiston poytaxtida O‘zbekiston parlament delegatsiyasining ikki mamlakat do‘stlik va hamkorlik parlamentlararo guruhlarining birinchi qo‘shma yig‘ilishida ishtirok etishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri Tojikistonning “Xovar” agentligiga tayanib.
Oliy Majlis palatalari vakillaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasiga Qonunchilik palatasi raisining o‘rinbosari Ulug‘bek Inoyatov rahbarlik qiladi.
Majlisi namoyandagonning O‘zbekiston parlamenti bilan do‘stlik va hamkorlik guruhiga Tojikiston Respublikasi Majlisi Olining Majlisi namoyandagon raisi muovini Dilrabo Mansuri boshchilik qiladi.
“Xovar” ma’lumotiga ko‘ra, Parlament delegatsiyalarining uchrashuvlarini 21-sentabr kuni o‘tkazish rejalashtirilgan.
O‘zbekiston delegatsiyasi Majlisi namoyandagon raisi Mahmadtoir Zokirzoda bilan ham uchrashib, Tursunzoda shahriga tashrif buyuradi.
Manba: “Dunyo” axborot agentligi