O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
MDH Ijroiya qo‘mitasining Huquqiy departamenti bilan maslahatlashuvlar o‘tkazildi
2020-09-18 | MDH
2020-yilning 17-sentabri kuni O‘zbekiston Respublikasining Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligidagi raisligi doirasida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Shartnoma-huquq boshqarmasi va MDH Ijroiya qo‘mitasining Huquqiy departamenti o‘rtasida videokonferensiya shaklida maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda MDH Davlat rahbarlari kengashi va Tashqi ishlar vazirlari kengashining bo‘lajak yig‘ilishlari davomida hujjatlarni imzolash tartibi, shuningdek, MDH ishtirokchi-davlatlari tashqi ishlar vazirliklarining yuridik xizmatlari rahbarlari Maslahatlashuv qo‘mitasining keyingi majlisini o‘tkazish bo‘yicha fikr almashildi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi