O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Prezidenti qarori mehnat bozorida malakali, bilimli xodimlarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi – BAA hukumati vakili

2020-09-17 | Jamiyat

ABU-DABI, 17-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori xalqaro hamjamiyatda katta qiziqish uyg‘otdi.

Birlashgan Arab Amirliklarining Inson resurslari va amirliklashtirish vazirining Xalqaro hamkorlik va aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Abdulla al-Nuaymi “Dunyo” AA muxbiri bilan suhbatda ushbu hujjat ahamiyati va mamlakatlarimizning migratsiya sohasidagi hamkorligi haqida fikr bildirdi.

– Birlashgan Arab Amirliklari O‘zbekiston tomonidan xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimining joriy qilinayotgani bilan qutlaydi, - dedi Abdulla al-Nuaymi. - BAA va O‘zbekiston o‘rtasida 2019-yil mart oyida imzolangan hukumatlararo hamkorlik bitimi o‘zbekistonlik mehnat migrantlarini Amirliklar mehnat bozoriga kirib kelishida keng imkoniyatlar yaratishni ko‘zda tutadi. Ayni paytda ushbu yo‘nalishda tizimli ishlamoqdamiz.

Pandemiyaning jahon iqtisodiyotiga salbiy ta’siriga qaramasdan BAA mehnat bozoriga o‘zbekistonlik malakali ishchilarni jalb qilish hajmi 50-70 foizgacha ortmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan «Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorning imzolanishi muhim voqea bo‘ldi. Ushbu huquqiy asosning mehnat bozorida malakali, bilimli xodimlarni tayyorlashdagi ahamiyati yuqori va u o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish hamda ishchilarni qayta o‘qitish yuzasidan keng imkoniyatlar yaratadi.

Shu o‘rinda, BAA bilan mustahkam hamkorlik aloqalarini rivojlantirishdagi fidokorona sa’y-harakatlari uchun O‘zbekiston rahbariyatiga minnatdorligimizni bildiramiz.

Ikki davlat fuqarolari manfaatlari yo‘lidagi hamkorlik aloqalarimiz samarali bo‘lishiga ishonamiz.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться