O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Rossiya delegatsiyasi Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida bo‘ldi

2020-09-17 | Iqtisodiyot

TOShKENT, 17-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov mamlakatimizda bo‘lib turgan “VEB.RF” Davlat taraqqiyoti korporatsiyasi raisi Igor Shuvalov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Korxona Axborot xizmati xabariga ko‘ra, mehmonlar dastlab kombinat boshqaruvi raisi Abdulla Xursanov va “SFI Management Group” kompaniyasi kuzatuv kengashi raisi Qobil Shodiyev hamrohligida kombinat faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.

Rossiya delegatsiyasi “Yoshlik-1” konini o‘zlashtirish jarayoni va mutaxassislar tomonidan olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. Ularga amalga oshirilayotgan loyiha haqida, xususan, mazkur kon quvvati hamda loyihani ishlab chiqarishga tatbiq etish bo‘yicha joriy holat to‘g‘risida so‘zlab berildi.

Shundan so‘ng mehmonlar ulkan bunyodkorlik yo‘lga qo‘yilgan 3-mis boyitish fabrikasi qurilishi, 1-mis boyitish fabrikasida jadal davom etayotgan asosiy quvvatlarni rekonstruksiya qilish va barqarorlashtirish dasturi doirasidagi ishlar, mis eritish zavodidagi affinajlangan oltin va kumush ishlab chiqarish jarayoni haqida ham batafsil ma’lumotga ega bo‘ldi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться