O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
17-sentabr kuni “Ukraina-O‘zbekiston: yog‘-moy sanoatini rivojlantirish” mavzusiga bag‘ishlangan onlayn-forum o‘tkaziladi
2020-09-17 | Iqtisodiyot
“APK-Inform” axborot agentligi Ukrainaning mamlakatimizdagi elchixonasi bilan hamkorlikda mamlakatlarimiz o‘rtasida o‘zaro savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadiga qaratilgan “"Ukraina-O‘zbekiston: yog‘-moy sanoatini rivojlantirish” mavzusida onlayn-forum tashkil etadi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Tadbirda Ukrainaning O‘zbekistondagi elchisi Nikolay Doroshenko, “Milk Euro Food” kompaniyasining bosh direktori Andrey Dankov, Qozog‘iston Yog‘-moy ittifoqi prezidenti Konstantin Nevzorov, “Vektor Company Group” rahbari Aleksandr Aleksandrovning ishtirok etishi va so‘zga chiqishi kutilmoqda.
Forum qatnashchilari yog‘-moy sanoatida o‘zaro savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, sohaning yurtimizdagi bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari, mamlakatimiz yog‘-moy bozorida faoliyat olib borishning o‘ziga xos xususiyatlari, sifatli kungaboqar yog‘iga bo‘lgan ehtiyoj, shuningdek sohada tajriba almashinuvi kabi mavzularni muhokama qiladi.
Manba: “Dunyo” axborot agentligi