O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Nukuslik talaba xalqaro tanlov g‘olibi bo'ldi

2020-09-17 | Madaniyat

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti talabasi Qallibek Muhammedinov yoshlar va o‘smirlarning turli janrlardagi ijodi bo‘yicha o‘tkazilgan III-Xalqaro “GERMAN TALENTS” onlayn festival-tanlovida faxrli birinchi o‘rinni egalladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri “Qaraqalpaqstan xabar agentligi”ga tayanib.

Ko‘rik-tanlov 1-15-sentabr kunlari Germaniya poytaxti Berlin shahrida onlayn formatda o‘tkazildi.
 
Konkursda «Qaraqalpag‘ыm» qo‘shig‘ini maromiga yetkazib kuylagan yosh xonanda hakamlar hay’ati tomondan bir ovozdan ko‘rik-tanlov g‘olibi deb topildi.
 
– Men ushbu ko‘rik-tanlovga estrada yo‘nalishining vokal-cholg‘u nominatsiyasi bo‘yicha qatnashdim, - dedi g‘olib. – Eng avvalo menga musiqa bobida sozandalik va qo‘shiqchilik sirlarini o‘rgatgan, mazkur ko‘rik-tanlovda birinchi o‘rinni olishimga sababchi bo‘lgan va tinimsiz mehnati singigan ustozlarim O‘zbekiston xalq artisti Rayxan Saparova hamda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar ustozi Ayapbergen Allanovlarga o‘z minnatdorligimni bildiraman.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться