O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Oʻzbek tilining izohli lugʻati” va “Davlat tilida ish yuritish” qoʻllanmalari lotin alifbosida chop etiladi

2020-09-15 | Madaniyat

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti tomonidan “Tilning oliy qadriyat sifatida shakllanishida “Davlat tili haqida”gi Qonunning oʻrni" mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi.

Anjumanda Prezidentimizning “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi va bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi.
 
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-martdagi “Oʻzbek tili va adabiyoti boʻyicha fundamental va amaliy tadqiqotlar samaradorligini yana-da oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga ilova qilingan chora-tadbirlar rejasida institut ilmiy xodimlariga qator topshiriqlar berilgan edi.
 
Natijada, institut ilmiy xodimlari tomonidan “Oʻzbek tilining izohli lugʻati”ning yangi nashri chop etildi, “Davlat tilida ish yuritish” amaliy qoʻllanmasining 9-nashri keng jamoatchilikka taqdim etildi. Shuningdek, “Xalqaro terminelementlarning izohli-koʻrgazmali lugʻati” ham tayyorlanib, nashriyotga topshirilgan. Ayni vaqtda institut tilshunoslari “Oʻzbek tilining izohli lugʻati”, “Davlat tilida ish yuritish” amaliy qoʻllanmasining lotin yozuvidagi toʻldirilgan, takomillashtirilgan nashrini, lotin yozuviga asoslangan katta imlo lugʻati hamda ixcham oʻquv lugʻatlari ustida ishlamoqda.
 
D.Mamatova

Manba: O'zA

Поделиться