O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabalari arab tilini o‘rganishda Saudiya Arabistoni elektron taʼlim dasturidan foydalanadi

2020-09-15 | Ta’lim

AR-RIYOD, 14-sentabr. /“Dunyo” AA/. Saudiya Arabistoni Podshohligi poytaxtida Saudiya elektron universiteti bilan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Shartnomaga asosan, O‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabalari mazkur universitetning “Internet orqali arab tili o‘rganish” elektron dasturidan foydalanadi. Saudiya universiteti rektori, professor Laylak bint Ahmad as-Safadiy va Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti vakili, Sharq tillari kafedrasi dotsenti Murtazo Saydumarov imzolagan ushbu hamkorlik shartnomasi universitetning elektron xizmatlaridan foydalanishni ko‘zda tutadi.

Aytish joiz, Saudiyaning ushbu universiteti poytaxt Ar-Riyodda joylashgan bo‘lib, mamlakat mintaqalarida ochilayotgan filiallar hisobiga kengayib bormoqda. Universitet elektron taʼlim texnologiyalarini tatbiq etishda yetakchilardan bo‘lib, anʼanaviy va masofaviy oliy taʼlimni taqdim etadi.

Internet orqali arab tili dasturi o‘rganish xorijiy tilda so‘zlashuvchi fuqarolar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, arab tili o‘rganishni hech qanday zamon va geografik makonga bog‘lamagan holda tashkil etish imkonini beradi. Shuningdek, talabalarning taʼlim xarajatlarini tejaydi.

Maʼlumot uchun, Saudiya elektron universiteti 2011-yilda taʼsis etilgan bo‘lib, taʼlimni masofadan tashkil etishni yo‘lga qo‘ygan.

Universitetda boshqaruv va moliya, tibbiyot fanlari, axborot texnologiyalari, aniq fanlar va nazariy tadqiqotlar fakultetlari bor.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться