O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

21-oktabr - O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun

2020-09-14 | Madaniyat

Dunyo xalqlari va millatlarining madaniy o‘zagi va asosiy muloqot manbai bu ularning milliy tili hisoblanadi. 

Shunday ekan har bir tilning saqlanishi hamda yosh avlodga yetkazilishi, xalq taraqqiyoti va uning kelajagini belgilaydi. Birgina til ko‘plab xalqlarni o‘zaro birlashtiradi, tarbiyalaydi, o‘qitadi, urf-odat, an'ana va madaniyatlarini saqlaydi, uni avloddan avlodga o‘tishini ta'minlaydi.
 
1989-yil 21-oktabrda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilindi. Bu Qonun xalqimizning mustaqillik uchun qo‘yilgan dastlabki qadami bo‘ldi. Ushbu Qonunning 1-moddasi va Bosh Qomusimizning 4-moddasida “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tili” ekanligi va O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an'analari hurmat qilinishini ta'minlanishi ham belgilab qo‘yilgan.
 
O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi xalqimizning milliy mustaqillikka erishish yo‘lidagi muhim siljishlardan biri bo‘lib, ona tilimizning bor go‘zalligi va jozibasini to‘la namoyon etish bilan birga, uni ilmiy asosda rivojlantirish borasida ham keng imkoniyatlar yaratdi. Shuningdek, davlat o‘zbek tilining boyitilishi va takomillashtirilishini ta'minlabgina qolmay O‘zbekiston hududida istiqomat qiluvchi  va mamlakatimizga xorijdan kirib kelayotgan barcha millat va elatlarning tillarini hurmat qilinishini ta'minladi, ya'ni chegara bojxona postlari orqali yurtimizga kirib kelayotgan chet el fuqarolari o‘zbek tilida yoki boshqa jahon tillarida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyalarini to‘ldirishlari va muloqotda bo‘lishlari mumkin bo‘ldi. Bugun Chegara bojxona postlarida fuqarolarga ko‘rsatmalar, ma'lumotlar,  xabarlar va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyalari o‘zbek, rus va ingliz tillarida yetkazilishi yo‘lga qo‘yilgan. Bu ham boshqa davlatlardan tashrif buyuruvchilarga qulaylik va ularning tillariga nisbatan hurmatni bildiradi.
 
2020-yil 10-aprelda O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinishi quvonarli hol bo‘ldi. Ushbu qonun bilan har yili 21-oktyabr “O‘zbek tili bayrami kuni” etib nishonlash belgilandi. Endilikda har yili 21-oktabr butun mamlakatimiz bo‘ylab katta bayram sifatida nishonlanadi. Bu esa ona tilimizni qay darajada ardoqlashimizni va hurmat qilishimizni bildiradi.

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Dаvlаt bоjхоnа qo‘mitаsi

Поделиться