O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ona tilim - aziz tilim

2020-09-12 | Madaniyat

Ma'lumki, mamlakatimizda 21-oktabr kuni o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganiga 31-yil bo‘ladi. Albatta, o‘tgan davr mobaynida ona tilimizning sofligini asrab-avaylash, uni rivojlantirish, boy tarixi va jozibasi bilan kelajak avlodga yetkazish borasida qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabr kuni “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Davlat tilini rivojlantirish departamenti tuzildi hamda davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga so‘zsiz rioya qilish, ish yuritishni davlat tilida tashkil etishga birinchi rahbarlarning shaxsan mas'ul ekanligi belgilanib, barcha davlat organlari va xo‘jalik birlashmalari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklarida rahbarning ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi joriy etildi.
 
Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi mutasaddi rahbarlari tomonidan ham boshqarma va bojxona postlarida malakali xodimlar va mutaxassislardan iborat tarkibda ishchi guruhlar tuzilib, mavjud normativ-huquqiy hujjatlar, tegishli buyruq, farmoyish, ko‘rsatma va dasturlarning davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga mosligi bo‘yicha to‘liq xatlovdan o‘tkazilishi, hujjatlarning davlat tilida qat'iy yuritilishini ta'minlash yuzasidan nazorat ishlari yo‘lga qo‘yilgan.
 
Shaxsiy tarkibning o‘zbek tili bo‘yicha bilimini oshirish borasida ham qator tashkiliy va amaliy tadbirlar amalga oshirilmoqda.
 
Jumladan, buyuk allomalarimiz hayoti va ijodi haqida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, hujjatli fil'mlar namoyish etish, “Tilini asragan – elini asraydi” mavzuida viloyatda faoliyat yurituvchi ustoz-murabbiylar, shoiralar ishtirokida kechalar, o‘zbek tili mavzuida insholar o‘tkazilib kelinmoqda.
 
Xulosa o‘rnida shuni ta'kidlash joizki, isloh etilayotgan jamiyatimizda o‘z madaniyatimiz, azaliy qadriyatlarimiz, ona tilimizni asrab-avaylashimiz har birimizning oldimizda turgan yana bir muhim vazifa ekanligini unutmaslik lozim.

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Dаvlаt bоjхоnа qo‘mitаsi

Поделиться