O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

MDH Davlat rahbarlari kengashining majlisiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi

2020-09-12 | MDH

2020-yilning 11-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Moskva shahrida MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi - MDH Ijrochi kotibi Sergey Lebedev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat davomida O‘zbekistonning 2020-yilda MDHga raisligi Tadbirlar rejasini amalga oshirish jarayoni yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Koronavirus pandemiyasiga qaramay O‘zbekiston tomoni ilgari rejalashtirilgan tadbirlarning aksariyatini muvaffaqiyatli amalga oshirgani qayd etildi.

Bu yil MDHning ustav organlari Tashqi ishlar vazirlari kengashi (12-may), Hukumat rahbarlari kengashi (29-may) va MDH Iqtisodiy kengashi (30-iyun) yig‘ilishlari hamda sohaviy hamkorlik organlarining qator uchrashuvlari videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tkazildi.

Uchrashuvda O‘zbekistonning MDHga raisligining asosiy voqeasi – Davlat rahbarlari sammitiga (16-oktabr) puxta tayyorgarlik ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ushbu tadbir kun tartibiga MDH faoliyati samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan muhim masalalar kiritilganligi ta’kidlandi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться