O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
952 ming dollarlik tibbiyot vositalari yetkazib berildi
2020-09-10 | Sog‘liqni saqlash
Osiyo taraqqiyot banki va YUNISEF Oʻzbekiston hukumatini COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashda qoʻllab-quvvatlayapti.
UNICEF Uzbekistan/2020 surati
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamgʻarmasi (YUNISEF) Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligiga 952 ming dollarlik tibbiyot vositalarini yetkazib berdi.
YUNISEF OTBning moliyaviy koʻmagi va Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda OVID-19 bilan kasallanganlarga tibbiy xizmat sogʻligini saqlash xodimlari uchun shaxsiy himoya vositalarini (SHHV) xarid qildi. Bu vositalar orasida 71 100 ta kombinezonlar va 8 000 ta baxila, shuningdek, laboratoriya tekshiruvlarini tez va sifatli oʻtkazish uchun RNA Mini toʻplamlari ham keltirildi.
“Mamlakatdagi karantin cheklovlarining yumshatilganligiga qaramay, Oʻzbekistonda COVID-19 tarqalishi bilan bogʻliq vaziyat yaxshilanib bormoqda. Ammo ushbu infeksiyaning mamlakat aholisi oʻrtasida tarqalish darajasi hamon yuqori boʻlgani bois biz hali ham juda ehtiyotkor boʻlishimiz zarur”, — dedi OTBning Oʻzbekistondagi mintaqaviy direktori Sindi Malvichini xonim.— “Avvalo, biz koronavirusga qarshi kurashda oldingi qatorlarda turgan sogʻliqni saqlash xodimlarini himoya qilishimiz zarur. OTB Oʻzbekiston xalqining COVID-19 pandemiyasini yengishdagi saʼy-harakatlarida doim koʻmakdosh boʻlib qoladi”.
Yetkazib berilgan barcha tibbiy uskunalar va SHHV Oʻzbekistonning barcha viloyatlariga, jumladan, chekka hududlarga taqsimlanadi, deb xabar beradi YUNISEFning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi matbuot xizmati.
Manba: «Yangi O"zbekiston»