O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Adliya vaziri parlamentla vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan qonun loyihasini taqdim qildi

2020-09-09 | Jamiyat

Joriy yilning 8-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 10-avgustdagi “Qonun ijodkorligi hamda parlament nazorati jarayonlari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan o‘zbekiston respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni bilan joriy etilgan tartibga asosan adliya vaziri Ruslanbek Davletov yuqoridagi qonun loyihasini Qonunchilik palatasida birinchi o‘qishda ko‘rib chiqishda ma'ruza bilan so‘zga chiqdi.
 
Adliya vaziri o‘z ma'ruzasida bugungi kundagi qonunchilik ahvoli yuzasidan ayrim masalalarga to‘xtalib o‘tib, huquq nazariyasi va qonunchilik amaliyotining uzoq yillik tarixida shakllangan “qonun hujjatlari” va “qonun” kabi alohida fundamental tushunchalar milliy qonunchiligimizda yillar davomida bir xil ma'noni anglatuvchi tushunchalar sifatida qo‘llanib kelinganligini ta'kidladi.
 
Mazkur amaliyotga chek qo‘yish maqsadida qonun hujjatlarida “qonunchilik”, “qonunchilik hujjati” va “qonun hujjati” kabi tushunchalarni umum'etirof etilgan mazmuni va ma'nosiga ko‘ra bayon etish taklif etilmoqda.
Qonun loyihasi bilan:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi;
 
O‘zbekiston Respublikasining 5 ta Konstitusiyaviy qonunlari;
 
O‘zbekiston Respublikasining 19 ta kodeksi;
 
O‘zbekiston Respublikasining 278 ta qonunlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish taklif etilmoqda.
 
Qonun loyihasini qabul qilinishi kelgusida qonunchilik amaliyotini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yib, ushbu tushunchalarni qo‘llash yuzasidan tushunmovchiliklar va turli hil talqinlarni oldini oladi.
 
Qonun loyihasi yana bir dolzarb bo‘lgan “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida” yangi tahrirda ishlab chiqilgan qonun loyihasi bilan birga ko‘rib chiqiladi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

Поделиться