O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Velosport boʻyicha musobaqaga start berildi
2020-09-08 | Sport
Xabaringiz bor, mamlakatimizda karantin talablari yumshatilgach, boshqa sohalarda boʻlgani kabi jismoniy tarbiya va sport boʻyicha ham keng koʻlamli islohotlar qaytadan yoʻlga qoʻyildi.
Jumladan, shu kunlarda respublikamizning barcha hududlari boʻylab Vatanimiz Mustaqilligining 29 yilligiga bagʻishlab bir qator sport turlari boʻyicha musobaqalar tashkil etilmoqda.
Bugun, 8-sentabr kuni velosport boʻyicha musobaqa start olmoqda. Eʼtiborlisi, velopoygachilar karantin davridan soʻng ilk bor shosseda oʻzaro bellashadilar.
Musobaqaning bugungi bahslarida sportchilar yakkalik poyga boʻyicha musobaqalashadi. Reglamentga koʻra, yakkalik poygalar barcha yosh toifalarida 20 km masofada boʻlib oʻtadi.
Ertaga esa velosportchilar guruh poygasi bahslarida kim eng kuchli ekanligiga oydinlik kiritishadi. Guruh poygasida erkaklar oʻrtasidagi bahslar 83 km masofada, ayollar oʻrtasidagi bahslar esa 41 km masofada oʻtkaziladi.
Musobaqa Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida boʻlib oʻtmoqda.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi