O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Paxtachi tumanidagi maktablarda taʼlim sifati yaxshi, biroq...

2020-09-08 | Ta’lim

Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi Saidahmad Usmonov bilan birgalikda Paxtachi tumanidagi maktablarning yangi oʻquv yili, karantin davrida faoliyat olib borishiga tayyorligi, qurilish va taʼmirlashga muhtoj muassasalarda boʻlib, taʼlim-tarbiya jarayonlari uchun yaratilgan sharoit bilan tanishdi.

Paxtachi tumani xalq taʼlimi boʻlimi tasarrufida 47 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablari boʻlib, ularda 25585 nafar oʻquvchi taʼlim-tarbiya oladi. Joriy yil Paxtachi tumanidagi 21-, 36- va 39-umumtaʼlim maktablarida investitsiya dasturi asosida rekonstruksiya va kapital taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazining xulosalariga muvofiq, tumanda 9-12-sentyabr kunlari 7 ta, 14-sentyabrdan esa qolgan barcha maktablarda anʼanaviy darslar boshlanishi koʻzda tutilgan. 7-sentabrga qadar 2171 nafar maktab oʻqituvchilaridan 680 nafari koronavirusga qarshi test topshirgan.

Tumandagi 784 oʻquvchi oʻrniga ega 37-umumiy oʻrta taʼlim maktabi binosi 1989-yilda qurilgan. Oʻtgan yillar davomida rekonstruksiya va mukammal taʼmirlash ishlari olib borilmagan. Maktabni isitish tizimi, jihozlanishi bilan bogʻliq jiddiy muammolar bor. Achinarlisi, sport zalidan bugun omborxona sifatida foydalanilib kelinmoqda. Sababi, sport zal binosining tom qismi yillar davomida eskirib, qulab tushish xavfi mavjud.

330 nafar oʻquvchi taʼlim-tarbiya oladigan 46-umumiy oʻrta taʼlim maktabi binosi 1991-yilda qurilib, foydalanishga topshirilgan. Maktab 1 qavatli moslashtirilgan binoda joylashgan. 1986-yilda qurilgan 3-, 1983-yilda qurilgan 13-maktablarda ham joriy taʼmirlash ishlaridan tashqari, rekonstruksiya va mukammal taʼmirlash ishlari olib borilmagan. Bu, oʻz navbatida, maktabda belgilangan talablar asosida sifatli taʼlim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish, isitish va boshqa yoʻnalishlarda qator muammolarni yuzaga keltirmoqda.

Eng muhimi, tahlil natijalariga koʻra, Paxtachi tumanidagi 2018/2019 oʻquv yilida bitirgan 37-maktabning 33 nafar bitiruvchisidan 7 nafari, 41- va 45-maktablarning 6 nafardan bitiruvchilari, jami 827 nafar bitiruvchidan 96 nafari oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirgan. Pedagoglar orasida malaka va tajribasi, salohiyatini namoyon etib, yuksak davlat mukofotlari, xalq taʼlimi aʼlochisi va boshqa ijobiy natijalarga erishgan oʻqituvchilar talaygina.

Sherzod Shermatov viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi Saidahmad Usmonovga tuman xalq taʼlimi boʻlimi bilan birgalikda, qurilganiga bir necha oʻn yillar boʻlgan, bugungi kunda taʼmirga oʻta muhtoj boʻlgan maktablar roʻyxatini shakllantirish, holati eng ogʻirligiga koʻra ketma-ketlikda kelgusi yildan boshlab investitsiya dasturiga kiritish chorasini koʻrish boʻyicha topshiriq berdi.

Vazir 21-umumtaʼlim maktabida amalga oshirilgan rekonstruksiya ishlari bilan ham tanishdi. 1974-yilda qurilgan maktab binosi zamonaviy qiyofa kasb etgan. Biroq sinfxonalarning pol qismini taʼmirlash ishlari sifatsiz bajarilganini tanqid qildi.

Xalq taʼlimi vaziri tanishgan barcha maktablar zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlangan sinfxonalarga ega. Informatika fani oʻqituvchilari bilan muloqotda ushbu jihozlardan samarali foydalanilmayotganiga eʼtiroz bildirdi.

— Bugun kompyuter xonasiga doimiy qulf osilgan turishi hech qanday mantiqqa toʻgʻri kelmaydi. Biz doim, ayniqsa, oʻquvchilarning kompyuterda mustaqil shugʻullanishi, amaliy jihatdan bilimga ega boʻlishi uchun cheklov qoʻyib oʻrganib olganmiz. Ammo bugun ushbu texnologiyani yaxshi bilgan bola u oliy maʼlumotli boʻlsa-boʻlmasa daromadsiz qolayotgani yoʻq. Yana oʻqituvchilarimiz ham darsdan tashqari pulli toʻgaraklar ochishiga bugun keng imkoniyat berilgan. Bu ham oʻqituvchining, ham maktab direktorining qoʻshimcha daromad olishi, qolaversa, maktabda byudjetdan tashqari mablagʻ topish imkonini yaratadi, — dedi Sh.Shermatov.

Xalq taʼlimi vaziri Samarqand shahridagi Qorasuv massivida yangi qurilayotgan 1680 oʻrinli maktabning qurilish jarayonlari bilan ham tanishdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

Поделиться