O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O'zbekiston Respublikasi IIV va Koreya milliy politsiya agentligi o'rtasida hamkorlikning istiqbolli yo'nalishlari muhokama qilindi
2020-09-08 | Xavfsizlik sohasi
Joriy yilning 7-sentabr kuni Koreya Respublikasidagi O'zbekiston elchixonasi ko'magida O'zbekiston Respublikasi IIV Xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig'i hamda Koreya milliy politsiya agentligi Xalqaro hamkorlik bosh boshqarmalari o'rtasida o'tkazilgan videokonferentsiyada hamkorlikning istiqbolli yo'nalishlari muhokama qilindi.
Videokonferentsiya davomida O'zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi o'rtasidagi uzviy aloqalar kundan-kun kengayib, mustahkamlanib borayotganligi, yaqin davr ichida ikki mamlakat rahbarlari ishtirokida oliy darajadagi tashriflar hamda uchrashuvlar bo'lib, ko'plab sohalarda o'zaro manfaatli kelishuvlarga erishilganligi, jumladan, O'zbekiston Ichki ishlar vazirligining Koreya milliy politsiya agentligi hamda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning Toshkent shahridagi vakolatxonasi bilan yaqin hamkorlik munosabatlari ham rivojlanib borayotganligi ta'kidlab o'tildi.
Shu bilan birga, tomonlar jamoat xavfsizligini ta'minlash, ekspert-kriminalistika faoliyatini amalga oshirish, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, boshqa o'zaro manfaatli sohalarda hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va ikki tomonlama tajriba almashish yuzasidan amaliy tashriflarni tashkil etish hamda hamkorlikning huquqiy jihatdan mustahkamlaish masalalari bo'yicha o'zaro fikr almashib, istiqboldagi rejalarni kelishib oldilar.
Manba: O‘zbеkiston Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligi