O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali suhbat to‘g‘risida

2020-09-07 | MDH

2020-yilning 7-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Ozarbayjon Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida Abdulaziz Kamilov Jayxun Bayramovni Ozarbayjon Respublikasi Tashqi ishlar vaziri lavozimiga tayinlangani bilan tabrikladi.

Turli darajalarda bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama, jumladan O‘zbekistonning MDHda raisligi dorisda ko‘zda tutilgan tadbirlar jadvali va boshqa tashkiliy masalalari ko‘rib chiqildi.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan yangi holatlarga qaramay, O‘zbekiston-Ozarbayjon ikki tomonlama aloqalari faol rivojlanib borayotgani, tovar aylanmasi joriy yilning yanvaridan iyuligacha 163 foizga o‘sganini alohida ta’kidladilar.

Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha qo‘shma hukumatlararo komissiya faoliyatini tiklash bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться