O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
MDH mamlakatlari o‘yinlari 2021-yil yoziga ko‘chiriladi
2020-09-07 | MDH
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlarining birinchi O‘yinlari 2021-yilga ko‘chirildi. Musobaqa mezboni o‘zgarmagan – Qozon shahri. Bu haqida Tatariston sport vaziri Vladimir Leonov bayonot berdi.
Dastavval bu O‘yinlar 2020 yil 20-27 avgustda o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi, biroq koronavirus pandemiyasi sababli u sentyabr', keyin oktyabr oyiga ko‘chirilgan edi. Endi bu MDH O‘yinlarini 2021-yil yozida o‘tkazish ko‘zda tutilmoqda.
Ushbu O‘yinlarda 14-23 yoshli atletlar sportning 22 turi bo‘yicha 280 medallar shodasi uchun bellashishlari belgilab qo‘yilgan edi. Eslatib o‘tamiz, mazkur musobaqani o‘tkazish haqidagi qaror 2019-yilning oktyabrida MDH mamlakatlari hukumatlari kengashida qabul qilingan.
Manba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi