O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Vazir Bulung‘ur tumanidagi maktablarda bo‘ldi

2020-09-07 | Ta’lim

Bulung‘ur tuman xalq ta'limi bo‘limi tasarrufida 69 ta umumiy o‘rta ta'lim maktabi bor. Ularda 37152 nafar o‘quvchi ta'lim-tarbiya oladi. 27115 nafar o‘quvchining ota-onasi farzandining bevosita maktabda an'anaviy tarzda ta'lim olishiga rozilik bildirgan.

68 ta maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari olib borilgan. 35-umumta'lim maktabida Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan rekonstruksiya ishlari olib borilib, 270 o‘rinli qo‘shimcha yangi bino qurilmoqda. 7 ta maktabning xojatxonalari yangidan qurilib, qolgan maktab xojatxonalarida ta'mirlash ishlari amalga oshirilgan. Maktablarni yangi o‘quv yiliga va kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlariga mahalliy byudjetdan 2 mlrd 13 mln so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilgan.
 
Karantin davrida maktablarning zarur sanitar-gigienik talablarga javob berishi yuzasidan 5-sentabrga qadar 48 ta umumta'lim maktablarida sog‘liqni saqlash va sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilgan. 22 ta maktabning 1416 nafar o‘qituvchilaridan koronavirusga qarshi test olingan. Shuningdek, barcha maktab direktorlari va o‘rinbosarlari uchun sektor rahbarlari ishtirokida xalq ta'limi bo‘limi, ichki ishlar, sog‘liqni saqlash sohalari mas'ul xodimlari tomonidan karantin davrida maktab faoliyatini tashkil etish bo‘yicha amaliy seminarlar o‘tkazilgan.
 
Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Saidahmad Usmonov bilan birgalikda Bulung‘ur tumanidagi maktablarda bo‘lib, yangi 2020/2021 o‘quv yili oldidan ushbu muhim vazifalarning nechog‘lik amalga oshirilayotgani bilan tanishdi.
 
Bulung‘ur tumanidagi Navbahor mahallasida joylashgan 1-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida qator kamchiliklar ko‘zga tashlandi.
 
Xolmamat Abdullaev direktorlik qilayotgan mazkur maktabda karantin davrida ta'lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha tayyorgarlik yetarli emas. Namunaviy dars jadvallari shakllantirilmagan. Maktab hududining obodonlashtirish ahvoli qoniqarsiz. Deyarli barcha sinfxonalarning yoritish tizimi nosoz holatda. Xojatxonaning oldiga o‘quvchilarning qo‘l yuvishi uchun sharoit yaratilmagan.  Ichimlik suvi isrof bo‘lib, behuda oqib yotibdi. Sh.Shermatov karantin davrida maktabda ikki yoki uch smenada darslar tashkil etilishi, o‘quvchilarning karantin qoidalariga to‘liq rioya qilishida ushbu kamchiliklar jiddiy muammoni yuzaga keltirishi mumkinligini qayd etdi.
 
Afsuski, tumandagi Kaftarxona qishlog‘ida joylashgan 14-umumiy o‘rta ta'lim maktabida ham xuddi shunday muammolar mavjud. Amaliy seminarlar o‘tkazilganiga qaramasdan, maktab direktori Anvar Ilyosovning karantin davrida maktabda o‘quv jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha aniq rejasi yo‘q. Toza ichimlik suvi chiqadigan quvurga aqalli jumrak o‘rnatishga xafsala qilinmagan, suv isrof bo‘lyapti.
 
Sherzod Shermatov ushbu kamchiliklarni nazorat qilmagan va o‘z vazifasiga mas'uliyatsizlik qilayotgan tuman xalq ta'limi bo‘limi rahbariyati va maktab direktorlarini ogohlantirdi. Mazkur maktablarni kelgusida investisiya dasturiga kiritilishi lozimligini ta'kidladi.
 
Xalq ta'limi vazirining viloyatimizdagi maktablarni o‘rganishi davom etmoqda.
Samarqand viloyati xalq ta'limi boshqarmasi axborot xizmati.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

Поделиться