O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Nukus garnizonida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqarolarning muammolari o‘rganildi. Ular tez orada yechimini topishga kelishildi

2020-09-07 | Jamiyat

Nukus garnizonidagi 1-sonli yopiq harbiy shaharcha hududida harbiy xizmatchilar, harbiy pensionerlar va ular oila a'zolari ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi, Nukus harbiy prokuraturasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Prezident xalq qabulxonasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar hamda Mudofaa ishlari boshqarmalari, hududiy elektr energiyasi hamda gaz ta'minoti, Nukus garnizoni harbiy komendaturasi, Nukus hududiy uy-joydan foydalanish qismi, “Yong‘inga qarshi xizmati” MChJ vakillari ishtirok etdi.
 
 
So‘zga chiqqan Nukus harbiy prokurori, adliya polkovnigi Faxriddin Begashev hamda Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari – shtab boshlig‘i polkovnik Qahramon Zoidov xalqning dardi bilan yashash, muammolarini o‘z vaqtida hal etish va zarur chora-tadbirlar ko‘rish davlat idoralarining asosiy vazifasi sanalib, shundagina jamiyatda sog‘lom muhit qaror topishini, fuqarolarimiz muammolariga qanchalik tez va sifatli yechim topsak, shunchalik turmushini farovon, ro‘zg‘or tashvishlarini yengillashtirishga erishlishini ta'kidlashdi.
 
Darhaqiqat, boshqa mamlakatlarda uchramaydigan mahalla boshqaruv tizimi chindan ham fuqarolarning tinch-totuv, inoqlikda yashashini ta'minlab keladi. Bu, ayniqsa, harbiy shaharchalarda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki oila ustuni bo‘lmish ota kutilmagan vaziyatlarda uzoq va qisqa muddatlarda dala-o‘quv maydonlariga, xizmat vazifasini bajarish uchun oilasidan olisga ketishiga majbur bo‘ladi. Mana shunday vaziyatlarda uning oila a'zolari xotirjamligini ta'minlash, turmushini yengillashtirish, oilasiga zarur shart-sharoitlar yaratishda mahalla va boshqa tashkilotlarning roli beqiyos.
 
Nukus garnizonida joylashgan 1-sonli harbiy shaharchadagi “Vatanparvar” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida jami 19 ta qo‘p qavatli uylarda 500 ga yaqin harbiy xizmatchilar hamda harbiy pensionerlar oilalari bilan istiqomat qilishadi. Yaqindagina Mustaqillik bayramiga bag‘ishlab mahalla hududida harbiy xizmatchilar va Qurolli Kuchlar faxriylari uchun foydalanishga topshirilgan 2 ta 30 xonadondan iborat ko‘p qavatli uylar mahalla ko‘rkiga-ko‘rk qo‘shib, uni yanada fayzli etmoqda.
 
Sayyor qabul davomida fuqarolardan kelib tushgan ko‘plab murojaatlar mutasaddilar tomonidan albatta, tez orada o‘rganish asnosida yechimini topishga va'da berildi.
 
Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati

Поделиться