O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

UNAMA rahbari bilan muzokaralar to‘g‘risida

2020-09-04 | Siyosat

2020-yilning 3-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev videokonferensaloqa shaklida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Afg'onistondagi yordam missiyasi (UNAMA) rahbari Debora Layons bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida Afg‘oniston inqirozini hal qilish bo‘yicha O'zbekiston va UNAMA sa'y-harakatlari, Afg‘onistondagi turli loyihalarni amalga oshirishda o‘zaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

UNAMA rahbari O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Afg‘oniston inqirozini tinch yo‘l bilan hal etish, shuningdek, Afg‘onistonni ijtimoiy-iqtisodiy tiklash borasidagi siyosatini yuqori baholadi. Xususan, Afg‘onistonda temir yo'llar va yangi elektr uzatish liniyalarini qurish loyihalari alohida e`triof etildi.

Mamlakatda pandemiya sharoitida zo‘ravonlik darajasini tezroq kamaytirish, shuningdek, afg‘on xalqining siyosiy jarayonda muhim rolini ta'minlash dolzarbligi qayd etildi.

Afg‘onistonda afg‘onlararo tinchlik muzokaralarini boshlash uchun har tomonlama yordam berish yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться