O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yoshlarni TECHNOWAYS - texnologik marafonga taklif etamiz!

2020-09-04 | Yoshlar

O‘quvchi, talabalar, tadqiqotchilar hamda ilmga chanqoq iqtidorli yoshlarni innovatsiya, startap, texnologiya, dasturlash bo‘yicha bilimlarni oshirish, shuningdek loyihalar ishlab chiqish hamda tijoratlashtirish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida o‘tkaziladigan TECHNOWAYS texnologik rivojlanish marafoniga taklif qilamiz.

Marafon dasturi:

Seminar treninglar. 1-3 kunlar

Ishtirokchilarga innovatsiya, innovatsion faoliyat, startaplar to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar beriladi. Startaplar qanday qilib muvaffaqiyat qozonish sirlari o‘rgatiladi.

Loyihalarni yaratish. 4-10 kunlar

Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyati, laboratoriyalari, startap loyihalar, 3D prototiplashtirish, IOT, Tijoralashtirish, dasturlash bo‘yicha seminar treninglar o‘tkaziladi. Talabalar jamoalarga bo‘linib, har bir jamoaga mentorlar biriktiriladi. Jamoalar loyiha tanlashadi hamda uni yaratishni boshlaydi. Jamoalar “Biznes farishtalar” uchun loyihalar taqdimotini tayyorlaydilar. Loyihaning marketing ishlari, tijoratlashtirish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshiradi.

O‘tkaziladigan sana: 2020-yil 15-30-sentabr

Vaqt: 09:00-18:00, Dushanba-Juma.

Marafon tili: o‘zbek, rus

Marafonda ishtirok etish - BEPUL

Myarafonda ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi havolaga o‘ting: www.technoways.uz

ESLATMA!!! Marafonni tashkil etishdan maqsad yoshlar o‘rtasida startap loyihalar bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish hamda marafon yakunlariga ko‘ra ma’qul bo‘lgan loyihalarni moliyalashtirish uchun investitsiya ajratish bo‘lib, sertifikatlar berilishi ko‘zda tutilmagan.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться