O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

ERIELL / Enter Engineering: O‘zbekistonlik talabalarning birinchi guruhi UWC xalqaro tizimidagi maktablarda o‘qishni boshladi

2020-09-04 | Ta’lim

O‘zbekistonda ERIELL Group va Enter Engineering kompaniyalarining ushbu loyihadagi ishtiroki va ko‘magi iqtidorli o‘zbek talabalari uchun o‘z dunyoqarashini kengaytirish va xorijda o‘qish imkoniyatini beradi.

Xalqaro neft konlariga xizmat ko‘rsatish guruhi ERIELL Group («ERIELL») va O‘zbekistondagi yirik EPC pudratchilaridan biri Enter Engineering («Enter») xabar qilishicha, har ikki kompaniyaning tashkiliy va moliyaviy ko‘magi tufayli o‘zbekistonlik talabalarning birinchi guruhi United World College (UWC) xalqaro tizimidagi maktablarda o‘qishni boshlaydi.

UWC kollejlarining O‘zbekiston talabalariga qiziqishi mamlakatning xalqaro maydondagi imijidagi ijobiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Bunga so‘nggi yillardagi o‘zgarishlar va o‘sib borayotgan ochiqlik, umumiy iqtisodiy va ijtimoiy o‘sish va boy madaniy meros tufayli erishildi. UWC qoidalariga ko‘ra, zaruriyat bo‘lsa, talabalar o‘qish uchun grant olishadi. O‘zbekistonlik dastlabki talabalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash ERIELL va Enter tomonidan amalga oshiriladi.

-UWC talabalari - dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan, kelib chiqishi turlicha - qochqinlardan tortib qirol oilasi a’zolarigacha bo‘lgan insonlar, - dedi bu haqda o‘z fikrini bildirgan ERIELL Group va Enter Engineering boshqaruvi raisi Baxtiyor Fozilov. - Ushbu global harakat tinchlik va barqaror kelajak uchun odamlar, millatlar va madaniyatlarni birlashtirishda ta’limdan foydalanadi. Men o‘z tirishqoqligi va mehnati bilan o‘zlariga 80 dan ortiq mamlakatlar talabalari bilan bir kollejda o‘qish uchun ajoyib imkoniyatni ta’minlagan sakkiz nafar talabani tabriklayman. Ular u yerda ilk marta O‘zbekiston nomidan ishtirok etishadi. Men uchun hamda ERIELL va Enter jamoalari uchun O‘zbekistonning yosh avlodi nufuzli xalqaro ta’lim olishi va o‘z harakati bilan tinch va barqaror kelajakni qurishi uchun ularni qo‘llab-quvvatlash muhim hisoblanadi.

ERIELL va Enter xodimlari ushbu loyihaning barcha bosqichlarida ko‘ngillilar sifatida ishladilar hamda Rossiya va Armaniston milliy qo‘mitalari ko‘magida yaratilgan va ERIELL va Enter kompaniyalari kengashi raisi maslahatchisi va Nigora Ibodova boshchiligidagi O‘zbekiston Milliy qo‘mitasi bilan hamkorlik qildilar. Kompaniya xodimlari tanlovning turli bosqichlarini tashkil etdilar va boshqardilar, UWC xalqaro ob'yektlariga tashrif buyurdilar va UWC'ning turli maktablari bilan o‘zaro aloqada bo‘ldilar.

Yaqinda nihoyasiga yetgan yakuniy saralash bosqichida dastlabki talabalar saralab olindi va endi ular uchun yangi xalqaro ufqlar va imkoniyatlar ochilmoqda. ERIELL va Enter tomonidan qat’iy nazorat qilingan hujjat topshirish jarayonidan so‘ng barcha o‘zbekistonlik talabalar o‘zlari tanlagan kollejlarga qabul qilindi va tez kunlarda sakkiz nafar talaba AQSh, Kanada, Italiya, Hindiston, Xitoy, Hongkong va Armanistondagi UWC maktablarida o‘qishni boshlaydi.

ERIELL va Enter O‘zbekistonning xalqaro aloqalarni rivojlantirish, yosh avlodga sarmoya kiritish va ularni mamlakat va uning fuqarolari salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun xalqaro tendentsiyalar va madaniyatlar bilan tanishtirish bo‘yicha tashabbuslarini faol qo‘llab-quvvatlamoqda. ERIELL va Enter bu xorijda o‘qish orqali o‘zlarini ko‘rsata oladigan ko‘plab talabalarning dastlabki guruhi deb umid qiladi. Talabalarni qabul qilishning ikkinchi bosqichida ishtirok etish uchun arizalar yaqin vaqt ichida, 2020-yil sentabr oyining o‘rtalarida boshlanadi.
1962 yilda tashkil etilgan UWC maktablar tarmog‘ining to‘rtta qit’adagi 18 ta maktabida hozirda 160 dan ortiq mamlakatdan 10786 nafar o‘quvchi tahsil oladi. UWC maktablari chuqur ta’lim, jamoat ishlari va faol sportga ustuvor ahamiyat bergan holda Xalqaro bakalavrlar diplom dasturining yuqori akademik standartlarini mujassamlashtirgan.

Iordaniya qirolichasi Nur UWC prezidenti hisoblanadi. Bitiruvchilar orasida Kanada bosh vaziri o‘rinbosari va yaqinda moliya vaziri etib tayinlangan Kristiya Friland va Ben & Jerry's kompaniyasining sobiq bosh direktori Yosteyn Solxeym bor.

Enter Engineering haqida

  • Enter Engineering - O‘zbekistondagi sanoat qurilish bozorida 24500 dan ortiq ishchilari bilan yetakchi hisoblanadi;
  • 2012-yilda tashkil etilgan Enter Engineering kompaniyasi yetti yildan ko‘proq vaqt davomida sanoat qurilish bozorida faoliyat yuritmoqda va bu vaqt ichida sanoat qurilishining turli bosqichlarida turli xil murakkablikdagi yirik loyihalarni amalga oshirdi;
  • Guruh gaz konlarini, jumladan energetika, infratuzilma va fuqarolik ob'yektlarini barpo etishni kompleks ravishda o‘zlashtirish ishlarini amalga oshiradi;
  • Enter Engineering kompaniyasining aksariyat EPC-loyihalari, ishlab chiqarish bazalari va ofislari O‘zbekiston va Rossiyada joylashgan. Shuningdek, kompaniyaning Singapur, BAA, Xitoy, Janubiy Koreya va Chexiyada vakolatxonalari mavjud.

ERIELL kompaniyalar guruhi haqida

  • 2004-yilda tashkil etilgan ERIELL - bu Markaziy Osiyo, Rossiya Federatsiyasi va Yaqin Sharqdagi yirik neft va gaz kompaniyalariga quduqlar qurish va kapital ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi xalqaro neft xizmatlari guruhi.
  • ERIELL Rosneft, NOVATEK, Gazprom neft, LUKOIL, O‘zbekneftegaz, Gazprom International, Petronas, CNPC, MOLGROUP kabi Rossiya va boshqa xalqaro yetakchi kompaniyalar bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilmoqda.

Manba: O'zA

Поделиться