O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari “O‘zstandart” agentligi faoliyati bilan tanishdilar
2020-09-04 | Jamiyat
Oliy Majlis Qonunuchilik palatasi deputatlari aholining turmush darajasini yaxshilash, bandligini ta’minlash, va tadbirkorlarning muammolarini hal etish maqsadida Navoiy viloyatida bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishgan edilar.
O‘rganishlarda viloyatdagi «Navoiy» erkin iqtisodiy hududi tadbirkorlik sub’ektlari, “O‘zstandart” agentligi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning ayrim turlarini yanada takomillashtirish zarurligi yuzasidan takliflarini bildirgan edilar.
Shu maqsadda bir guruh deputatlar “O‘zstandart” agentligida bo‘lib, oziq-ovqat, elektrotexnika, bolalar o‘yinchoqlari va O‘zbekiston milliy metrologiya institutining zamonaviy laboratoriyalari va etalonlar bazasini ko‘zdan kechirdilar.
Shuningdek, Deputatlar mahsulotning sinov jarayonlariga ham guvoh bo‘lib, Toshkent viloyatining Piskent tumanida qurilayotgan zamonaviy laboratoriya hamda qurilishda ishlatilayotgan metal mahsulotlarining sinovlari yuzasidan o‘zlariing savollariga javob oldilar.
Manba: O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi