O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ta’lim muassasalari professor–o‘qituvchilari va talabalar uchun qulay tarif

2020-09-04 | Ta’lim

Bugungi kun talabidan kelib chiqib, ta’lim sohasiga yuqori sifatli mobil aloqa va yuqori tezlikdagi Internet taqdim etish muhimligini inobatga olib, UZTELECOM milliy operatori jismoniy va yuridik shaxslar uchun hamyonbop TA’LIM tarif rejasini, shuningdek maxsus Internet-paketlar guruhini taqdim etmoqda.

TA’LIM tarif rejasi – bu eng hamyonbop mobil aloqa yechimini izlayotgan ta’lim muassasalari talabalari va professor-o‘qituvchilar uchun qulay tarifdir.

Oyiga 34 900 so‘m evaziga TA’LIM tarif rejasi o‘z ichiga 8000 Mb Internet-trafik, 1000 daqiqa (va O‘zbekiston bo‘ylab 300 daqiqa) va 500 ta SMS oladi.

Shuningdek, mobil Internetdan yanada hamyonbop narxlarda foydalanishni ta’minlash maqsadida nominal qiymati 5 000, 8 000 va 12 000 MB bo‘lgan maxsus Internet-paketlar taqdim etiladi. Ushbu paketlar odatiy Internet-paketlardan 20% gacha arzon hisoblanadi.

TA’LIM tarif rejasi ta’lim tizimiga oid bir qator afzalliklarni taqdim etishi bilan ajralib turadi. Xususan, ushbu tarif   abonentlari ZiyoNET xizmatidan abonent to‘lovi uchun 50% chegirma asosida foydalanishlari mumkin. Shuningdek, masofaviy ta'lim uchun O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim muasassalari, vazirliklar, idoralar, ilmiy-metodik markazlarning 100 dan ortiq o'quv va axborot platformalaridan internet-trafikni mutlaqo bepul foydalanish umkoniyati taqdim etiladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться