O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Respublikamiz bo‘ylab bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari o‘z ishini boshladi
2020-09-04 | Jamiyat
Koronavirus pandemiyasi dunyoning qariyb barcha mamlakatlari aholisi turmush tarziga u yoki bu darajada ta’sir ko‘rsatdi. Ayrim sohalar hatto jiddiy inqiroz yoqasiga ham kelib qoldi.
Shu sababli dunyo mehnat bozori hamda yurtimizdagi vaziyat va ishsizlik masalalari nafaqat bugungi pandemiya davrida, undan keyin ham eng ko‘p e’tibor qaratish va vaziyatni yaxshilash uchun jiddiy choralar ko‘rish lozim bo‘lgan soha bo‘lib qoladi.
Shularni e’tiborga olgan holda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan band bo‘lmagan aholi uchun an’anaviy mehnat yarmarkalari o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi. Bugun ham Andijon viloyati Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi, tuman hokimiyati, prokuraturasi hamda “Yoshlar ittifoqi” Qo‘rg‘ontepa tuman Kengashi bilan hamkorlikda “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.
Mazkur yarmarkada 58 ta korxona 69 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi. Yarmarkada jami 50 nafar ishsiz fuqaro qatnashdi.
Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi davomida 50 nafar fuqarolardan 20 nafari ayollar, 12 nafari yoshlar, 2 nafari harbiy xizmatdan qaytganlar, 14 nafari kasb-hunar kolleji bitiruvchilari, 7 nafari chet davlatlardan qaytib kelganlar, 3 nafari jazoni ijro etish muassasalaridan qaytib kelganlar, 12 nafari turli toifadagi ishsizlarni tashkil etib, ularning 42 nafariga tumandagi korxona, tashkilot va fermer xo‘jaliklariga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berildi. Bunday yarmarkalarni hududlar bo‘ylab ham davom ettirish rejalashtirilgan.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi